Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela - Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Odion Igalo: «Al-Hilol» ushbu turnirda g‘alaba qozonishi mumkin»

Odion Igalo: «Al-Hilol» ushbu turnirda g‘alaba qozonishi mumkin»

Baho:
+ | -

2018 yilning 26 iyun oqshomida Nigariya Messi boshchiligidagi Argentina termasi bilan (1:2) JCH-2018 «pley-off» bosqichi yo‘llanmasi uchun Sankt-Peterburgda katta jangga kirishgandi.

 Agarda Odion Igalo o‘ta qulay vayatlaridan unumli foydalanganida afrikaliklar keyingi raund masalasini hal etisharmidi... Ha, Igalo o‘sha o‘yindan keyin ancha vaqt «Krestovskiy» stadionini tark etmagandi. U Qatar-2022 mundiali haqidagi o‘ylari bilan band edi, vaholanki hujumchi o‘shanda 33 yoshda bo‘lishini ham bilardi. Lekin lagoslik futbolchi JCH-2022 yo‘llanmasi uchun «pley-off»da azaliy raqib - Ganaga mehmonda alamli tarzda yutqazgan Nigeriya jamoasining bir qismi edi. Shunga qaramay, Igalo Qatarga ikki yil oldin qadam bosmagan mamlakatni ishtiyoq bilan qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘l oldi. «Al-SHabob»dagi sermahsul faoliyatidan so‘ng, Igalo Ar-Riyodni kesib o‘tdi va 2021 yilning yanvarida - BAAda bo‘lib o‘tadigan 2021 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi debyutidan bir necha kun oldin «Al-Hilol»ga qo‘shildi. Bu futbolchi va Saudiya Arabistonining superkuchi o‘rtasidagi ishqiy munosabatlarning boshlanishi edi. FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida Igalo «Al-Hilol»ning Marokashda o‘tkaziladigan klublar o‘rtasidagi JCH kubogini qo‘lga kiritish uchun «Flamengo» va «Real» kabi jamoalarni mag‘lub etish istagi, klubi muxlislarining ishtiyoqi, Salim al Davsari, Karim Benzema va Kilian Mbappega qoyil qolishini aytib berdi.

- O‘tgan yili klublar o‘rtasidagi JCHga bir necha kun qolganida to‘satdan «Al-Hilol» safiga qo‘shilgandingiz...

- Ularning klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishlari juda yaxshi bo‘ldi, chunki buni juda xohlaganman. «Al-Hilol» safiga qo‘shilganimdan xursand bo‘ldim. Juda zo‘r bo‘ldi. O‘sha turnirning har bir qismidan zavq oldim. «Chelsi» kabi katta jamoalarga qarshi o‘ynash juda qiyin bo‘lsa-da, xursand bo‘ldim. Bu men va jamoa uchun ajoyib tajriba bo‘ldi.

- «Al-Hilol»ning o‘sha kampaniyasini qanday baholaysiz?

- Turnir juda yaxshi o‘tdi. «Chelsi»ga qarshi o‘ynaganimizda, oson bo‘lmasligini bilardik, lekin o‘sha kuni borimizni berdik. Birinchi daqiqadan final hujtagigacha kurashdik. Afsuski, mag‘lub bo‘ldik, lekin o‘sha o‘yinda qilgan ishimizdan juda xursand bo‘ldik.

- OFK bo‘lajak chempionatda ham Osiyo sharafini «Al-Hilol» himoya qilishini e’lon qilganida qanday hissiyotgar kechirdingiz?

- Men juda xursand bo‘ldim. Biz qarorni intiqlik bilan kutdik, umid qildik. Marokashda katta o‘yinlar bo‘lishini bilardik, shuning uchun juda hayajondamiz va buni intiqlik bilan kutamiz. Katta jamoalarga qarshi bunday o‘yinlarda o‘ynash har doim katta sharaf. Shunday ekan, biz qattiq mehnat qilamiz va turnirni intiqlik bilan kutamiz. Bunday musobaqalardagi muhit har doim boshqacha bo‘lib, Marokash JCHda nima qilganini hisobga olsak, o‘yinlarga ko‘p odamlar keladi. Bular katta jamoalar, bu Marokash uchun juda muhim bo‘ladi va biz uning bir qismi bo‘lganimizdan juda xursandmiz.

- «Al-Hilol»ning turnirdagi maqsadi nima?

(Kuladi) Bu juda katta ambisiyali klub. Ular mag‘lubiyatni tushunmaydilar. Men jamoaga qo‘shilganimdan beri har bir turnirga g‘alaba qozonish uchun boramiz. Biz o‘ynagan har bir o‘yin xuddi oxiriga o‘xshaydi. «Al-Hilol» libosini kiysangiz, doim g‘alaba qozonishingiz kerak. Biz har bir sovrin ortidan borishni istaymiz. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham xuddi shunday.

- Xo‘sh, «Al-Hilol»ning «Flamengo» va «Real»ni mag‘lub eta olishiga ishonchingiz komilmi?

- Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Siz hozir nima bo‘lishini bashorat qila olmaysiz. Maydonda tinmay mehnat qilib, kurash olib borsangiz, hamma narsaga erisha olasiz. Masalan, Marokashning JCHdagi ishtirokiga qarang, ularga hech kim ishonishmagandi. Lekin ular yarim finalga qadar yetib borishdi va hatto finalga chiqishi ham mumkin edi. Ishonamanki, «Al-Hilol» kurashib, finalgacha yetib, g‘alaba qozonishi mumkin, chunki futbolda o‘zingga ishonib, mehnat qilsang hamma narsaga erishish mumkin.

- Marokashda buyuk 9 raqamini uchratishingiz mumkin. Karim Benzema haqida qanday fikrdasiz?

- Men uchun u, hozirda dunyodagi eng yaxshi hujumchi. So‘nggi ikki yillik faoliyatiga aql bovar qilmaydi. Men uning sovrinlarni olayotganidan juda xursandman.

- «Al-Hilol»ga o‘tganingizdan beri jamoadoshlaringizdan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi?

- Jamoamizda chindan ham yaxshi o‘yinchilar ko‘p, lekin jahon chempionatida ishtirok etgan ayrim futbolchilarimizni alohida ta’kidlashni istardim. Salim al Davsari - Osiyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri, Salmon al Faraj - sardor.

- Saudiya Arabistonining Qatardagi ishtiroki haqida qanday fikrdasiz?

- Men ham o‘sha yerda edim. Saudiya Arabistonining barcha o‘yinlarini tomosha qilish uchun Qatarga bordim. Klubimdan JCHda Saudiya Arabistoni sharafini himoya qilgan 12 nafar futbolchi bor, shuning uchun u yerda bo‘lishim kerak edi. Men ularni chinakamiga qo‘llab-quvvatladim. Argentinani mag‘lub etishgani va ikki jamoadoshim gol urganini ko‘rganimga aql bovar qilmaydi. Bu ular uchun ham, men uchun ham haqiqiy quvonchli lahza bo‘ldi. Afsuski, keyingi bosqichga chiqa olishmadi, lekin menimcha, ular juda yaxshi o‘ynadi.

- Saudiya Arabistonidan tashqari JCH haqida qanday umumiy fikrdasiz?

- Bu men ko‘rgan eng yaxshi mundiallardan biri edi. Ko‘plab jamoalar yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Messi har doim xohlagan narsasini qildi. Mbappe, yosh yigit borini berdi, afsuski, JCHda g‘alaba qozona olmadi. Mbappega juda qoyil qoldim. Va Marokash ajoyib edi, albatta. Biz ulardan ilhom oldik. Agar Marokash buni uddalay olsa, albatta «Al-Hilol» ham uddalay oladi. Autsayder deb atalgan ko‘plab jamoalar kutilmagan hodisalar keltirdi. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida katta jamoalarga qarshi ham shunday qilishimiz mumkinligini bilamiz.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:30, 30.01.2023.
O'qildi: 1501 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.