Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

O‘g‘ildan otaga «salom»!

O‘g‘ildan otaga «salom»!

Baho:
+ | -

«Yaxshi tushlar ko‘ring, otajon!» - bu mashhur Devid Bekxem o‘z o‘g‘li Romeodan qabul qilib olgan istehzoli salom mazmuni.

Nega istehzoli? Hammasi oddiy: bu tilak zamirida «MYU»ning oxirgi mag‘lubiyatiga sha’ma bor.

Angliya chempionati 21-turidan o‘rin olgan «Arsenal» - «MYU» o‘yini futbolga ozgina qiziqadigan barcha-barchani befarq qoldirmagan bo‘lsa kerak. Jumladan, Bekxemlar oilasini ham. Eslatma, Mikel Arteta boshqaruvidagi «kanonirlar» turning markaziy uchrashuvida irodali g‘alaba (3:2)ga erishib, mag‘lubiyatsiz odimlarini davom ettirishdi. Uzoq kutilgan chempionlikka asta-sekin yaqinlashayotgan «Arsenal» shuning barobarida «MYU»ning mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘ydi.

Bu holatdan vaqtida «kanonirlar» akademiyasida shug‘ullagan Romeo Bekxem o‘rnida foydalanib qolishni istadi, shekilli, darhol «MYU» afsonasi sanalgan otasiga «qaynoq salom» yubordi. Xullas, Beksning uchinchi o‘g‘li o‘yindan so‘ng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga otasi suratini joylashtirib, lo‘ndagina izoh qoldirdi: «Yaxshi tushlar ko‘ring, otajon!»

Eslatish kerak, Romeo yaqinda otasiga tegishli «Mayami» klubidan «Brentford»ga o‘tgandi. Aniqroq aytsak, kichik Bekxem» bu klub safida ijara muddatini o‘taydi. Ko‘rinishidan, u «Arsenal»ga befarq emas hamon. Ehtimol, otasi bilan «MYU» va «Arsenal»ga bog‘liq qandaydir garov ham bog‘lagandir...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:05, 30.01.2023.
O'qildi: 2331 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.