"Monsa" A Seriya doirasida "Yuventus"ni mag‘lub etdi (2:0). Avvalroq, “oq-qizillar” prezidenti va xo‘jayini Silvio Berluskoni futbolchilarga yuqori darajadagi raqiblar ustidan g‘alaba qozonish uchun yengil tabiatli ayollar bo‘lgan avtobus va’da qilgan edi.
Funksionerdan ushbu holat haqida so‘ralganda, u shunday javob berdi:
"Mendan va’dani bajarishimni so‘rashmoqda, menga allaqachon 100 marta qo‘ng‘iroq qilishgan" - dedi Berluskoni.
"Monsa" 25 ochko bilan A Seriyada 11-o‘rinda bormoqda.