Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

APL va tarix. Kuchli oltilik jamoalari tomonidan amalga oshirilgan eng omadsiz qishki transferlar

APL va tarix. Kuchli oltilik jamoalari tomonidan amalga oshirilgan eng omadsiz qishki transferlar

Baho:
+ | -

Yanvar oyi juda ham omadli bo‘lishi mumkin. Bu atamani istalgan klubga nisbatan ishlatsa bo‘ladi. Shuningdek, uning teskarisi bo‘lishi ham hech gap emas. Quyida Premyer-liga gigantlari tomonidan amalga oshirilgan omadsiz qishki transferlar haqida bilib olasiz.

"Arsenal" – Kaba Diavara

"Manchester Yunayted" muxlislari 1999 yildagi treblli mavsumni balki Dennis Bergkampning Angliya kubogi finalidagi omadsiz bajarilgan penaltisi sababli yuz bergan deb o‘ylashar. Aslida esa muvaffaqiyatning ildizlari "Arsenal" va uning futbolchilari omadsizligi bilan bog‘liq edi. 1998-1999 yilgi mavsumda "Arsenal" va "MYU" quvlashmachoq o‘ynab turnir so‘ngiga yetib kelishadi. Oxirgi ikki bahs hal qiluvchi edi. Shunday paytda "Arsenal" anti-qahramoni Diavara tomonidan 19 daqiqa ichida 4 marta ko‘zlangan darvoza to‘sini to‘pchilarni chempionlikdan mahrum qilgan. Shu sababli "MYU" 38 turda g‘oliblikni qo‘lga kiritadi. Diavara esa klub tarixiga eng omadsiz futbolchi sifatida kirdi. Uning "Arsenal"dagi keyingi faoliyati ham yaxshi kechmadi. Hujumchi 2,5 million funtga sotib olingandi. Ammo 123 kun o‘tgach, yana Fransiyaga, kelgan joyiga ijara asosida berib yuborilgan.

"Chelsi" – Xuan Kuadrado

Torresning xaridi Kuadradonikiga qaraganda qimmat bo‘lgandir. Ammo uning foydali ishi kolumbiyalik futbolchinikidan 10 baravar yaxshiroq bo‘lgan. Torres hech bo‘lmasa "Chelsi"ning YECHL va YEL finallaridagi g‘alabasida hissa qo‘sha olgan. Kuadrado borasida bunday deya olmaymiz. Xuan 2015 yilda 4 ta o‘yinda maydonga tushirilib, keyinchalik "Yuventus"ga ijaraga berib yuboriladi. 2017 yilda esa himoyachi butunlay Turin klubiga ko‘chib o‘tgan.

"Liverpul" – Endi Keroll

O‘ta g‘alati transferlardan biri sifatida Kerollning 35 million evaziga mersisayd klubiga o‘tganini aytish mumkin. 2011 yilda Torres o‘rniga olib kelingan hujumchi jamoaga foydasi tegmaydi. "Nyukasl" unga taklif etilgan 30 millionni rad etgandi. Ammo "Liverpul" 35 million bilan maqsadiga erishgan. O‘shanda Keroll Angliya tarixidagi eng qimmat xaridga aylangandi. Ammo u 2013 yilga qadar atigi 11 ta gol urishga erishdi, xolos. Keyin esa 15 million funtga sotib yuborildi.

"Manchester Siti" – Vilfrid Boni

Boni "Suonsi Siti" safida fantastik daraja namoyish etgandi. U bir kalendar yilida eng ko‘p, 20 ta gol urgan hujumchiga aylangan. "Shaharliklar" esa uni 25 millionga sotib oladi. U Edin Jekoni o‘rnini bosadi deb hisoblangan. Ammo Boli 46 ta o‘yinda atigi 10 gol kirita oldi xolos. Gvardiola jamoaga kelishi bilan uni yo‘qotadi.

"MYU" – Aleksis Sanches

Hammasi esingizga tushgandir. "Arsenal"dan top hujumchi sifatida olib kelingan Sanches, birdaniga yo‘q bo‘lib qoladi. Genrix Mxitaryan bilan almashtirilgan futbolchi "MYU" hech qachon kutilmalarni oqlay olmagan. 3 mavsumdan keyin esa Sanches erkin agent sifatida u yerdan ketadi. Shunga qaramay, "Manchester Yunayted" yana uzoq vaqt Sanchesga maosh to‘lashga majbur bo‘ldi.

"Tottenxem" – Rikardo Roka

"Tottenxem" tarixidagi 2006-2007 yilgi mavsum, o‘zgacha kechgandi. APLda beshinchi o‘rinni egallashdan tortib, ikkita chorak final va bitta yarim final aynan o‘sha davrda sodir bo‘lgan. Ammo jamoaning yangi a’zosi bo‘lgan Roka o‘zidan kutilgan umidlarni chilparchin qilgan. "Benfika"dan xarid qilingan futbolchi London klubiga 3,2 million funtga tushgandi. Ammo Roka "shporlar" safida faqatgina 16 ta o‘yin o‘tkazgan xolos.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 21:11, 30.01.2023.
O'qildi: 1688 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.