Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Zamonaviy futbolda takrorlab bo‘lmas seriya yakunlandi!

Zamonaviy futbolda takrorlab bo‘lmas seriya yakunlandi!

Baho:
+ | -

“Atletik Bilbao” jamoasi vakili Inyaki Uilyamsning afsonaviy seriyasi oxir-oqibat uzildi – 2016 yilning aprelidan beri birinchi marta hujumchi La Liganing rasmiy uchrashuvida maydonga tusha olmadi. “Atletik” esa “Selta”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Gana pasportiga ega basklik hujumchi 6 yil, 9 oy va 22 kun davom etgan seriyani to‘xtatdi.

O‘zi nima bo‘ldi?
Ispaniya kubogi chorak finalida "Valensiya"ga qarshi o‘yinda (3:1) Inyaki 88 daqiqa o‘ynab, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi va "Atletik"ning yarim finalga chiqishiga yordam berdi. Biroq, o‘yindan keyin Uilyams kutilmaganda mushaklardagi noqulaylikdan shikoyat qildi. Basklik futbolchi chempionatda "Selta" bilan o‘yin uchun qaydnomaga kiritilgandi, ammo so‘nggi lahzada protokoldan olib tashlandi, u hatto zaxira o‘rindig‘ida ham yo‘q edi.

2022 yil sentyabrida Inyaki o‘ng tizzasining bog‘lamlarini tortib oldi, biroq bir hafta ichida tuzalib ketdi. Oradan bir oy o‘tib, hujumchi ketma-ket 246-marta maydonga tushdi va himoyachi Manfred Binsning rekordini takrorladi. Shundan so‘ng, Uilyams kasallik tufayli bir necha bor o‘yinni o‘tkazib yuborish xavfida yurdi, lekin u har doim tuzalib, hech bo‘lmaganda zaxiradan maydonga tushdi.

Uilyams ketma-ket 251 ta o‘yinda maydonga tushdi - bu La Liga rekordi

Uilyams oxirgi marta 2016 yilning 7 aprelida La Liga o‘yinida maydonga tushmagan edi – bu 2015/16 yilgi mavsumning 33-turi, “Malaga” – “Atletik” uchrashuvi edi.

O‘shandan beri hech qaysi bahs o‘tkazib yuborilmagandi.

• 2015/16-mavsum - 5 ta uchrashuv;

• 2016/17-mavsum - 38;

• 2017/18-mavsum - 38;

• 2018/19-mavsum - 38;

• 2019/20-mavsum - 38;

• 2020/21-mavsum - 38;

• 2021/22-mavsum - 38;

• Mavsum-2022/23 - 18;

Ketma-ket 251 o‘yin - Ispaniya chempionatlari rekordi.

“Inyakining eng aql bovar qilmaydigan tomoni shundaki, u hujumchi. Bu shunday uzoq seriyali o‘yinlar uchun qiyin pozisiya. Hujumchilar ko‘plab zarbalarga duchor bo‘lishadi. Ularning barchasi birin-ketin o‘yin o‘tkazishga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rishlari kerak, - deya hayratda qoldi Xuan Antonio Larranyaga. U La Ligada to‘xtovsiz 202 o‘yin o‘tkazgan. “Men har kuni o‘zim azob chekardim. Har doim ham o‘z imkoniyatlarimni 100% namoyish etavermas edim. Ko‘p marta og‘riq bilan o‘ynaganman. Natijada, bosh barmog‘imda travmatik artrit paydo bo‘ldi”, - dedi u.

Inyaki doimiy ravishda jamoaning asosiy tarkibida o‘ynadi - olti to‘liq mavsumda faqat bir marta u 30 martadan kamroq asosiy tarkibda maydonga tushdi (2020/21 mavsumda 28 marta). Eng yaxshi natija - 2018/29 yilgi mavsumda 36 ta boshlang‘ich tarkibdagi o‘yin. Joriy mavsumda u umuman "Selta"dan oldin barcha o‘yinlarda asosiy tarkibda bahsni boshladi. Seriya davomida u 50 ta gol urdi va 51 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bu vaqt ichida “Atletik” besh nafar murabbiy va prezidentni almashtirdi. Futbolchining hayotida ham katta o‘zgarishlar ro‘y berdi: Inyaki Gana fuqaroligini oldi va Qatarda bo‘lib o‘tgan JCH-2022da o‘ynadi. Basklar safida uning ukasi Niko debyut qildi va o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.

Boshqa ligalar haqida nima deyish mumkin?

Kuchliroq natijalar bor, lekin hamma joyda darvozabonlar oldinda.

A Seriya peshqadami Franko Tankredi (“Roma”) 258ta o‘yin o‘tkazgan. Fransiyada birinchi o‘rinni butun faoliyatini "Oser"da o‘tkazgan posbon Fabyen Kul (307 o‘yin) egallab turibdi. 310 - Premyer-liga rekordchisi Bred Fridel.

Ularning barchasi “Bavariya”ning afsonaviy darvozaboni Zepp Mayerdan ancha ortda qolmoqda – ketma-ket 442 ta o‘yin. 13 mavsum birorta o‘yinni o‘tkazib yubormagan.

2022 yilning dekabrida Uilyams Zeppning rekordi haqida o‘ylamasligini va shunchaki jamoaga maksimal foyda keltirmoqchi ekanligini aytgandi: "Hujumchi gol urishi kerak. Men har bir o‘yindan zavq olishga va goldan bir necha metr uzoqlikda xotirjam bo‘lishga harakat qilaman”.

Kiritildi: 22:52, 30.01.2023.
O'qildi: 3084 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик