Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

"Arsenal" tarbiyalanuvchisi Fransiyada Mbappe va Messidan ko‘ra yorqinroq ko‘rinmoqda

"Arsenal" tarbiyalanuvchisi Fransiyada Mbappe va Messidan ko‘ra yorqinroq ko‘rinmoqda

Baho:
+ | -

"Arsenal" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Folarin Balogun mavsum boshida Fransiya tomon yo‘l olgan edi. Hujumchi ayni damda "Reyms" safida harakat qilmoqda va ichki chempionatda Messi va Mbappe kabi eng yaxshi futbolchilar qatorida bo‘lib turibdi. "Kanonirlar" muxlislari Balogundan ko‘p narsa kutishgandi. Hozirda bu umidlar Fransiyada bo‘y ko‘rsata boshladi. Ha, hozir "Arsenal"da Eddi Nketia eng muhim figura bo‘lishi mumkindir. Ammo Balogun ham o‘z navbatini kutmoqda va vaqti kelganda "Arsenal" hujumida paydo bo‘ladi.

Balogun London jamoasining 18 va 21 yoshgacha bo‘lgan tarkibida jami 75 ta golga mualliflik qilgan. Hujumchi o‘tgan mavsumni Chempionshipda, "Midlsbro" safida o‘tkazgan va atigi 3 ta gol urgan xolos. Biroq, uning 2022-23 yildagi formasi ajoyib bo‘lib turibdi. 21 yoshli futbolchi dunyoning eng yaxshi ligalaridan birida o‘zidan kutilgan natijani ko‘rsata olmoqda. U o‘ynayotgan "Reyms"ning o‘yinlari ham o‘ziga xosdir. Bu jamoa so‘nggi 12 o‘yinda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Ularning "PSJ" bilan kechgan bahsi o‘ta murakkab edi. Shunga qaramay, "Reyms" ustunlik bilan harakat qildi. Xususan, ular bahsning birinchi bo‘limida raqib darvozasi tomon 9 ta zarba yo‘llangan. "PSJ"da esa bu ko‘rsatkich 1 taga teng edi. O‘yinda na Messi, na Mbappe raqib darvozasiga yo‘l topolmadi. Ikkinchi taymda Neymarning aniq zarbasi parijliklarga ustunlik beradi. Shunday bir paytda "Reyms" mardonavor himoyalandi. Ular o‘z vaqtini kutdi. Ammo ancha kech edi. 95 daqiqa o‘tib bo‘lgan bir paytda Balogun katta sahnaga chiqdi. Himoyachilar - Markinyos va Ramosni ortda qoldirgan "Arsenal" ijarachisi Donnarummani ham dog‘da qoldira oldi. Umuman, o‘sha kechada "Park de Prens" o‘yingohidagi eng sovuqqon futbolchi Balogun edi. Shu sababli u jamoasi uchun bir ochkoni sug‘urib ola bildi.

Ushbu o‘yin va Balogun darajasi haqida "Reyms" ustozi Uilyam Still shunday deydi: "Mehmonda turnir yetakchisi bo‘lgan "PSJ"ga qarshi durang o‘ynash mo‘jizaning o‘zginasi edi. Biz qattiq mehnat qildik va ko‘zlangan natijaga erisha oldik. Bizni qo‘llash uchun kelgan muxlislarimizni xursand qila oldik deb hisoblayman. Balogunni super hujumchi deb hisoblayman. U – yetuk futbolchi. Uning texnik qobiliyati va tezligi hammasiga imkon beradi. Hal qiluvchi pallalar uning vaqtidir".
Balogun ayni damda 11 ta golga mualliflik qilib turibdi. Bu borada u Messidan oldinda bormoqda. Agar Balogun shu yo‘nalishda davom etsa, "Arsenal" uchun yana bir tekin yulduz tayyor bo‘ladi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: football.london
Kiritildi: 09:50, 31.01.2023.
O'qildi: 3220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.