"Ayaks" yarim himoyachisi Dushan Tadich "Roma"ning nishoniga aylandi, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
"Bo‘rilar" allaqachon 34 yoshli futbolchi bilan ikki yarim yillik shaxsiy shartnoma borasida kelishib olishgan.
"Roma" ham transfer oynasi yopilgunga qadar "Ayaks" bilan transfer narxi bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi. Serbning Amsterdam klubi bilan mehnat shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 7 million yevroga baholamoqda.
Yarim himoyachi joriy mavsumda 19 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













