Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

"Andijon" Nuri Shaxin boshqaruvidagi turk klubi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

"Andijon" Nuri Shaxin boshqaruvidagi turk klubi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Baho:
+ | -

Turkiyaning Antaliya shahrida ayni paytda ko‘plab o‘zbek jamoalari o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib bormoqdalar. Shunga mos ravishda klublar asosan bor e’tiborini faqat yig‘inlarga hamda xorij klublariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlariga qaratadilar. “Andijon” futbol klubi ham yangi mavsumga har taraflama jiddiy tayyorlanish uchun Antaliyada uch haftalik yig‘in tashkil qilganidan xabaringiz bor.

"27 yanvar kuni yetib kelgan “Burgutlar” 17 fevralga qadar chuqurlashtirilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini tashkillashtiryaptilar. Lekin “Andijon” faqatgina shu bilan cheklanib qolmoqchi emas. Klub marketing yo‘nalishida ham qator istiqbolli loyihalar ustida ishlamoqda. Ayniqsa, har jabhada birinchi bo‘lishga intilayotgan “Andijon” Antaliyadagi yig‘inida ham ushbu iboraga alam qilmoqda. Ya’ni, jamoamiz Antaliyada faqat yig‘in o‘tkazishning o‘zi bilan cheklanib qolmaydi.

Gap shundaki, turk klublarining ish faoliyatini o‘rganish, bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi ham “Andijon” klubi uchun kun tartibidagi muhim vazifalardan biri edi. Shu maqsadda Turkiya Superligasi qatnashchilaridan biri, o‘z o‘rniga va muxlislariga ega bo‘lgan “Antalyaspor” klubi bilan “Andijon” o‘rtasida samarali hamkorlik qilish bo‘yicha do‘stlik rishtalari yo‘lga qo‘yilmoqda. Shuning uchun 1 fevral sanasiga ikki tomon o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi belgilandi. Shu kuni “Andijon” klubi bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev “Antalyaspor” klubiga tashrif buyuradi. U yerda “Antalyaspor” direktori o‘rinbosari “Andijon” rahbariyatini kutib oladi. O‘zaro uchrashuv chog‘ida jamoalarning ravnaqi yo‘lidagi hamkorlik masalalari va istiqbolli rejalar muhokama qilinadi.

Shu bilan birga “Antalyaspor” klubi infrastrukturasi, ish yo‘nalishi, stadion va qo‘yingki, jamoadagi barcha bo‘g‘inlar bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishi ko‘zda tutilgan. “Andijon” imidjini yanada ommalashtirish va rivojlanish strategiyasida bunday hamkorlik asqotishi shubhasiz.

Bugungi kunda zamonaviy professional futbol klubida qaysi bo‘g‘inlar faoliyat yuritish kerak bo‘lsa, barcha yo‘nalishlarda mazkur turk klubi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilish arafasida.

Jumladan, klubning tashkiliy tuzilishi, infrastrukturasini o‘rganish, o‘smirlar va yoshlar jamoalarining faoliyati, futbol akademiyasi faoliyati bilan tanishish, yuridik masalalar, xalqaro aloqalar, marketing yo‘nalishi, musobaqalarda qatnashishdagi jihatlar, matbuot va piar xizmati, ijtimoiy sohalar, fan-klub harakati qanday yo‘lga qo‘yilgani, murabbiylikda va ayniqsa futbolchilarning jismoniy holatini monitoring qilishda qanday usullardan foydalanishayotgani, diotolog masalasi, seleksiya yo‘nalishi, qolaversa, maydon maysasini qanday qilib uzoq yillar davomida bir tekisda saqlash va qanaqa mineral o‘gitlardan foydalanishi kabi holatlargacha bo‘lgan keng qamrovli tajriba almashish kabi uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, klubning yillik byudjeti, bosh homiysi va qo‘shimcha yana qanday manbalardan daromad topishi singari muhim masalalarda ham fikrlar almashilinadi. Chunki sir emaski, bizdagi klublarimizga yetishmayotgan narsa bu ko‘pincha daromad bilan bog‘liq. Balki o‘zbek klublarini bu borada ilg‘ay olmayotgan boshqa jihatlarimiz ham bordir. Aynan shu masalada “Antalyaspor” bilan yaqindan hamkorlik qilish har jihatdan foydali hisoblanadi.

Ayni damda Turkiya chempionati davom etyapti. “Antalyaspor” klubi 28 yanvar kuni o‘z maydonida “Umraniyespor”ni qabul qilib 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Ayniqsa, 90+3-daqiqada kiritilgan gol evaziga mezbonlar o‘ta muhim g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Ushbu klubga turk futbolining yaqin-yaqingacha yorqin yulduzlaridan biri bo‘lgan Nuri Shaxin bosh murabbiylik qilmoqda. Uni o‘zbek futbol ishqibozlari ham juda yaxshi bilishadi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Shaxin o‘z vaqtida “Feyenoord”, “Real”, “Liverpul”, “Borussiya” Dortmund, “Verder” singari Yevropaning top-klublarida o‘ynagan futbolchi Turkiyaga qaytib ikki yil davomida “Antalyaspor”da to‘p surgach, faoliyatini aynan ushbu klubda yakunladi. 2021 yili butsalarini mixga ilgach, o‘zini murabbiylikka bag‘ishladi va shundan buyon mazkur jamoada ishlab kelmoqda.

"Antalyaspor” katta klub. Uning tasarrufida yana boshqa sport turlari ham mavjud. Umuman aytganda, “Andijon”ning mazkur jamoa bilan yo‘lga qo‘yadigan hamkorlik dasturi asosida kelajak uchun juda muhim qadam tashlanadi" - deyiladi "Andijon"ning rasmiy bayonotida.

Kiritildi: 09:51, 01.02.2023.
O'qildi: 3427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик