"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte operasiya tufayli "Manchester Siti"ga qarshi APLning 22-turini o‘tkazib yuborishi mumkin.
“Antonio Konte yaqinda qorinda qattiq og‘riq his qildi. Unga xolesistit tashxisi qo‘yilgach, o‘t pufagini olib tashlash bo‘yicha operasiya o‘tkazishga qaror qilindi. Mutaxassis 1 fevral kuni operasiya qilinadi va tuzalgach, “Tottenxem”ga qaytadi. Klubdagi barcha unga omad tilaydi”, - deyiladi “Tottenxem” bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, "Tottenxem" 21 uchrashuvda 36 ochko to‘plagan va Angliya Premyer-ligasining 2022/2023 yilgi mavsumi turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.