Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Superkompyuter transferlar oynasidan keyin APLning yakuniy jadvalini ishlab chiqdi. Natijalar "Manchester Siti" va "Chelsi" uchun xavotirli

Superkompyuter transferlar oynasidan keyin APLning yakuniy jadvalini ishlab chiqdi. Natijalar "Manchester Siti" va "Chelsi" uchun xavotirli

Baho:
+ | -

Bu mavsum davomida qiyin davrni boshdan o‘tkazayotgan jamoalar ichida "Chelsi" ham bor. Klub yanvarda 326 million funt sarf qilib, yangi futbolchilar sotib oldi. Shunga qaramay, superkompyuter ushbu jamoaning natijalari yaxshilanmasligini taxmin qildi. Unga ko‘ra, "Chelsi" mavsumni 8 o‘rinda, "Brayton"dan bir pog‘ona pastda yakunlaydi. O‘zi hozirgi paytgacha ham ahvol ancha ayanchli edi. "Aristokratlar" APLda 10 o‘rinni band etib turgan holda, ikkita kubokdan chiqib ketishga ulgurishdi. Oldinda YECHL bahslari kutmoqda. Ammo bu turnirda ham hech bir jamoa uchun yaxshi natija kafolatlanmagan.

Endilikda, APL klublari transferlarga qo‘l ura olmaydi. Bu degani, mavsum so‘ngiga qadar hozirgi tarkib o‘ynashini anglatadi. "Chelsi" esa qish davomida Joao Feliks, Mixail Mudrik va Enso Fernandesni xarid qildi. Shunga qaramay, superkompyuter Grem Potter boshchiligidagi "Chelsi"ni sakkizinchi o‘rinni egallashini taxmin qilgan. Hatto, Potterning sobiq jamoasi bo‘lmish "Brayton", "Chelsi"dan 38 tur davomida o‘zib ketib, o‘z tarixida ilk bor yevrokuboklarga yo‘llanma olishi mumkin. Amalda esa "Chelsi" qo‘lida vaziyatni o‘nglash uchun mavsumning yarmi bor.

Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, "Manchester Siti" ham APLni boy beradi. Londonning "Arsenal" klubi chempion bo‘lishi aytilgan. Bu jamoa 31 yanvar kuni "Chelsi"dan Jorjinyoni xarid qilgandi. To‘pchilarning 38 turdan keyin "Manchester Siti"dan 6 ochko o‘zib ketgan holda mavsumni yakunlashi kutilmoqda. Albatta, bunday yakun Pep Gvardiolani mutlaqo qoniqtirmaydi. Shuningdek, yana bir top-klub, "Tottenxem" ham mavsum oxiriga qadar o‘z oldiga qo‘ygan minimal vazifalarni bajara olmaydi deb hisoblanmoqda. "Shporlar" kuchli to‘rttalikni ayni damdagi raqobatchilari bo‘lgan "MYU" va "Nyukasl"ga boy beradi.

Kutilmalar jadvalning pastki qismi uchun ham taqdim etildi. Xususan, "Everton" garchand Shon Daychni olib kelgan bo‘lsada, may oyigacha turnirda jon saqlab qola olmaydi. Mersisaydliklar 38 turdan keyin 31 ochko bilan 20 o‘rinda qolishi taxmin qilingan. Bu jamoa yanvar davomida transferlar amalga oshirmay, o‘zining eng asosiy figurasi bo‘lgan Entoni Gordonni "Nyukasl"ga 40 million funt evaziga pullagan edi. "Everton" sheriklaridan biri "Bornmut" klubi bo‘ladi. Bu jamoa o‘tgan oyda 6 ta yangi futbolchi uchun 50 million funt sarflagandi.
Chempionshipga tushib ketish xavfi bor bo‘lgan klublar ko‘p. Ammo superkompyuterning taxminiga ko‘ra, turnirni tark etadigan uchinchi jamoa bu "Sautgempton"dir. Qolaversa, bu mavsumda "buzilib qolgani" aytilayotgan "Liverpul" ham o‘z maqsadiga erisha olmaydi. Klopp shogirdlari yakunda oltinchi o‘rinni band etib, Yevropa ligasi bilan cheklanishga majbur bo‘lishadi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 08:45, 02.02.2023.
O'qildi: 7112 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.