Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Tezkor Romano bir vaqtning o‘zida ko‘plab transferlar oqimini yuzaga keltirdi, uning faoliyati qanaqa?

Tezkor Romano bir vaqtning o‘zida ko‘plab transferlar oqimini yuzaga keltirdi, uning faoliyati qanaqa?

Baho:
+ | -

Kim qishki transfer oynasini eng yaxshi o‘tkazdi? Fabrisio Romano ko‘pgina transferlar haqida birinchi bo‘lib xabar berdi. Muzokaralar qaysi bosqichda, tibbiy ko‘riklar qachon rejalashtirilganligi, shartnomalar shartlari qanday, bitim qachon rasman e’lon qilinishi haqida biz aynan ushbu insayder orqali ma’lumotga ega bo‘ldik.

U har doim birinchi bo‘ldi deb aytib ham bo‘lmaydi. Misol uchun, «Arsenal»ning Jorginyoga qiziqishi haqida birinchi bo‘lib boshqa bir insayder, The Athletic vakili Devid Orshteyn xabar bergan. Biroq, bu transfer oynasidagi eng murakkab ish yana Romanoga qoldi. Insayder yutubda olti soat davom etgan – 23:00 dan 5:00 gacha bo‘lgan strimni ishga tushirdi. An’anaga ko‘ra, transfer oynasining so‘nggi kuni eng muhim hisoblanadi. Kechqurun esa eng yuqori cho‘qqi, o‘nlab bitimlar amalga oshiriladi. Romano butun efir davomida ingliz tilida muloqot qilib, Yevropadagi asosiy transferlar haqida yangilangan ma’lumotlarni taqdim etdi. Ikkinchi soatda agent Shaxar Grinberg strimga ulandi, shunda Romano yangi transfer haqida undan so‘radi: «Agar «Barselona» futbolchiga da’vo qilgan bo‘lsa, nima uchun siz va sizning mijozingiz Oskar Glux aynan «RB Salsburg»ni tanladingiz?

Eng hayratlanarlisi shundaki, Romano bir vaqtning o‘zida mezbonlar bilan muloqot qilish, mehmonga savollar berish, insayderlar bilan suhbat qurish, telefon orqali yozishish va ijtimoiy tarmoqlarda postlar qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Efir davomida jurnalist transferlar haqida 40 dan ortiq qisqa xabarlarni e’lon qildi (u eshittirishda biroz ko‘proq gapirdi). Romanoning so‘zlariga ko‘ra, u har doim barcha xabarlarni o‘zi yozadi – yordamchilarsiz. Shuni ta’kidlash kerakki, strim vaqti-vaqti bilan uzilib qolgan ovoz bilan katta muammolarga duch keldi. «Endi bizda asosiy kelishuvlar haqida ma’lumot bo‘ladi - biz hamma narsani ishga tushirishimiz kerak», dedi Romano yarim tunda. Hal qiluvchi pallada hech qanday muammo yo‘q edi. Insayder bir necha daqiqa to‘xtab qoldi xolos. U muhim yangiliklarni e’lon qilmoqchi ekanligini aytdi. U yana bir bor ijtimoiy tarmoqlardagi barchani strimga ulanishga chaqirdi. Tomoshabinlar 50 mingdan 83 mingga ko‘paydi va umumiy ko‘rishlar soni bir milliondan oshdi. Toshkent vaqti bilan 02:54 da insayder shunday dedi: «O‘rtoqlar, Enso Fernandes «Chelsi»da. Bitim yopildi. Hozirgina klublar o‘rtasida kelishuvga erishildi. 120 mln. Keyinchalik men sizga to‘lov muddati haqida aytaman. «Benfika» uning tibbiy ko‘rikdan o‘tishiga rozi bo‘ldi. Hozir Enso tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda va «Chelsi» transfer oynasi yopilguniga qadar hujjatlarni rasmiylashtirishga vaqt borligiga ishonch hosil qilmoqda. Ular buni o‘z vaqtida amalga oshirishlariga kafolat bera olmayman, ammo kelishuvga erishildi».

U 18 yoshida va o‘zining Neapol shahrida yashaganida, futbol haqida bepul maqolalar yozishga harakat qildi va ularni ikkinchi darajali italyan ommaviy axborot vositalarida chop etishni taklif qildi. Va keyin, Romanoning The New York Times gazetasiga bergan intervyusiga ko‘ra, unga notanish odam murojaat qilgan. Undan La Masiya - «Barselona» akademiyasining ikki yosh o‘yinchisi haqida maqola yozishlarini so‘rashgan». Bu futbolchilar o‘sha paytda hech kim tanimagan Mauro Ikardi va Jerar Delofeu edi. Natijada Romano maqola yozdi va o‘sha shaxs bu ikki futbolchining manfaatlarini himoya qila boshladi. Shundan so‘ng jurnalist va agent o‘zaro aloqada qolishdi. 2011 yilning yozida Romano birinchi bo‘lib Ikardining «Barselona»dan «Sampdoriya»ga o‘tishi haqida gapirgan edi va bir necha yil o‘tgach uning «Inter»ga o‘tishi haqida ham xabar berdi. Keyin Romano Milanga yo‘l oldi va Sky Sportsga ishga o‘tdi. Transferlar haqida gapiruvchi taniqli muxbir Janluka Di Marsio allaqachon bu yerda ishlagandi. Romano unga shaxsiy veb-sayt yaratish va to‘ldirishda yordam berdi va shu bilan birga tajriba orttirdi. Ular ba’zida deyarli ko‘chalarda ham ishlashlariga to‘g‘ri keldi. Romano shunday deb yozgandi: «Ko‘p yillar davomida men har kuni shahar bo‘ylab sayr qildim - restoranlar, mehmonxonalar, qayerda futbolchilar bo‘lsa, o‘sha yerlardan qolmadim».

Shundan so‘ng Romano ijtimoiy tarmoqlarning muhimligini tushundi. Avvaliga u barcha foydalanuvchilar kabi shaxsiy hayotidan oddiy suratlarni joylashtirdi. 2020 yilda italiyalik insayder uchun muhim bitimlardan biri ro‘y berdi - Bruno Fernandeshning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi. Romano «Manchester Yunayted»ning yarim himoyachiga qiziqishi haqida birinchi bo‘lib xabar bergani yo‘q, biroq uning transferi haqida ma’lumot berdi. Jurnalistning fikricha, hatto tezlik ham asosiy omil emas, muhimi, ishonchlilik. Odamlar haqiqatni o‘qiyotganlarini va unga ishonishlarini tushunishlari kerak. «Menda uchrashish uchun belgilangan muayyan muddat yoki sotish uchun gazetalarim yo‘q. Men barcha narsa tayyor bo‘lgandagina yozishga kirishaman».

12 yil davomida italiyalik shu qadar yaxshi ishladiki, u Yevropa futbolining asosiy insayderiga aylandi. Uning bilimlari va asosiy tanishlari Italiyadan ancha uzoqqa ketgan. Bu sohadagi asosiy tanishlar agentlardan iborat. Romanoning aytishicha, klub rahbarlari bilan ham aloqada bo‘lish muhim. Shu bilan birga, u futbolchilarni shaxsan yaxshi biladi. O‘ziga kerak bo‘lgan har bir kishi bilan osongina aloqa topadi. E’tiborlisi, u hatto «Chelsi»ga hech qachon ko‘chib o‘tmagan Arsen Zaxaryan bilan ham bog‘langan. Bu haqda «Dinamo»ning o‘zi aytib o‘tdi.

Romanoning asosiy fishkasi - «Here We Go» Bu inglizcha iborani so‘zma-so‘z tarjima qilib bo‘lmaydi va «qani, kettik»ka yaqinroq. Romanoning homiylari bor. U o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida brendlarga havola qoldiradi va yutubdagi strimlar hamkori pivo ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi. Sharhlarda odamlar ba’zan Romano kelishuvlardan tushgan pullarning ma’lum bir foizini oladi deb gumon qilishadi. Jurnalist bunday hollarda ushbu munosabatlarga kulib javob qaytaradi va agar shunday bo‘lganida hozirga qadar milliarder bo‘lgan bo‘lardim, deydi. Romanoni yoqtirmaydigan muxlislar ko‘p. Aytishimiz mumkinki, jurnalist o‘z darajasini isbotlab kelmoqda. Uning ma’lumotlarini mish-mish deb atash mumkin emas. Agar tomonlar kelishuvga erishgan bo‘lsa, tibbiy ko‘riklardan o‘tgan bo‘lsa, bu gap-so‘z emas, balki haqiqatdir. Biroq ba’zida u yozgan xabarlar o‘z tasdig‘ini topmagan hollar ham bo‘lgan. Veynaldumning «Barselona»ga o‘tishida ishlar biroz o‘xshamay qoldi. Keyinroq Romano hammasi avvaldan tayyor ekanligini tushuntirdi: futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tishni belgilab qo‘ygandi, klub esa e’lon tayyorlayotgan edi, ammo «PSJ» aql bovar qilmas maosh taklifi bilan chiqdi, natijada uni Parijni tanlashga ko‘ndirishgan. Aslini olganda, Fabrisio Romanoning ishini shubha ostiga qo‘ymoqchi bo‘lganlar har doim sabab topib kelgan. Biroq bular juda ham ahamiyatsiz ko‘rinishga ega.

Kiritildi: 11:33, 02.02.2023.
O'qildi: 3180 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.