Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

«Bu aql bovar qilmas jang bo‘ldi». «Chelsi» Enso Fernandes transferi bilan to‘liq ikki kun ovora bo‘lgan, kelishuv so‘nggi daqiqalarda imzolangan

«Bu aql bovar qilmas jang bo‘ldi». «Chelsi» Enso Fernandes transferi bilan to‘liq ikki kun ovora bo‘lgan, kelishuv so‘nggi daqiqalarda imzolangan

Baho:
+ | -

Italiyalik jurnalist va insayder Fabrisio Romano argentinalik futbolchi Enso Fernandesning “Chelsi”ga transferi tafsilotlari haqida gapirdi.

“Benfika” yarim himoyachisi transfer oynasining so‘nggi kunida APL uchun rekord narx bo‘lgan 121 million yevro evaziga “Chelsi” safiga o‘tdi.

Jurnalistning ma’lum qilishicha, klublar o‘rtasidagi muzokaralar qiyin o‘tgan va 20 soatdan ortiq davom etgan. Ensoning “Chelsi”ga o‘tish istagi hal qiluvchi faktor bo‘lgan.

“Transfer oynasi ochilgan yanvarning boshida futbolchi transfer tezroq amalga oshishi uchun turli yo‘llardan foydalangan: mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan va qo‘yib yuborishlarini talab qilgan.

Oyning so‘nggi kunlarida muzokaralar qayta tiklangach, Fernandes professionallarga xos harakat qilgan va "Benfika" prezidentiga vaziyatni to‘g‘ri tushuntirgan. Bu hal qiluvchi rolni o‘ynagan, sababi Ruy Koshta transfer oynasining so‘nggi daqiqalarigacha takliflarni qabul qilishni istamagan.

Oy davomida "Chelsi" turli takliflar bilan chiqqan — 85 million yevro, 100, 120 — biroq "Benfika" barchasiga rad javobini bergan. Tomonlar transfer oynasining so‘nggi kuniga kelib kelishuvga erishgan.

30 yanvar kungi 20 soatlik muzokaralardan keyin tomonlar kelishuvga deyarli erishgan, biroq "Benfika" prezidenti o‘sha vaqtda ham yakuniy qaror borasida bir to‘xtamga kelmagan. "Chelsi" tuni bilan javob kutgan, ammo portugal jamoasi rozilik bermagan.

31 yanvar kuni yana 20 soat muzokara o‘tkazilgan va so‘nggi daqiqalarga kelib kelishuv amalga oshgan. "Chelsi" 120 million yevroni to‘lashning olti xil variantini ilgari surgan.

Futbolchi va London klubi o‘rtasidagi shaxsiy shartnomani imzolash jarayoni ko‘p vaqt olmagan, sababi tomonlar avvalroq bu borada kelishib qo‘ygan.

Asosiy to‘siq "Benfika" prezidenti bo‘lgan, u futbolchini olib qolishni istagan. Muzokaralarda "Chelsi"ning barcha mutasaddilari, xususan, Todd Bouli ham qatnashgan. Muzokaralar jang kabi bo‘lgan, bunga aql bovar qilmaydi.

20:00 ga kelib kelishuv deyarli barbod bo‘lgandi, biroq "Chelsi" taslim bo‘lmadi, yana va yana yangi variantlar taqdim etaverdi. Enso ham qarorida oxirigacha qat’iy turdi, natijada tibbiy ko‘rik o‘tkazildi va shartnoma yarim tunga yaqin imzolandi”, — deydi Fabrisio Romano.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:45, 02.02.2023.
O'qildi: 1886 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.