Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

"Real Madrid" muammolar girdobiga yaqinlashyapti

"Real Madrid" muammolar girdobiga yaqinlashyapti

Baho:
+ | -

"Real Madrid" chempionatda "Barsa"dan 8 ochko ortda qolayotgan bo‘lsa-da, chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, u Chempionlar ligasi bilan Ispaniya kubogi uchun ham kurashadi. Qolaversa, “Qirollik klubi” klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish arafasida. Bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham tig‘iz tavqim haqida gapirib o‘tdi:

“Biz turnirlarda qatnashishdan bosh tortmoqchi emasmiz, chunki biz finalga juda yaqinmiz. Biz Qirol kubogi yarim finalidamiz va milliy chempionat va Chempionlar ligasida kurashamiz. Kuchlarni to‘g‘ri taqsimlash juda muhim, chunki bu juda murakkab taqvim. O‘ylaymanki, biz bir zum ham to‘xtamasligimiz kerak, chunki futbolchilar charchab qolishsa, hammasi tugaydi. Biz o‘ynashdan va doimo kurashayotganimizdan xursandmiz, lekin menimcha, erishib bo‘lmaydigan chegara bor. Buning oldini olish uchun nimadir qilish kerak".

Oxirgi oyda (31 kun) Karlo Anchelotti jamoasi 9 ta o‘yin o‘tkazdi: ular Ispaniya kubogidagi uchta raqibini, jumladan, “Atletiko”ni mag‘lub etishdi; “Valensiya”ni mag‘lub etib, mamlakat Superkubogi finaliga chiqdi, biroq u yerda “Barselona”ga mag‘lub bo‘ldi. Chempionatda "Valyadolid" va "Atletik" ustidan g‘alaba qozonishdi, "Vilyarreal"ga yutqazishdi va "Real Sosyedad" bilan ochko bo‘lishdi. Madrid klubini esa shunday qiyin taqvim kutib turibdiki, futbolchilarga havas qilib bo‘lmaydi.

2 fevraldan 2 martgacha “Real Madrid” yana to‘qqizta o‘yin o‘tkazadi. Bugun Karlo Anchelotti shogirdlari o‘z maydonida "Valensiya" bilan o‘ynaydi va darhol Marokashga klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga yo‘l oladi. U yerda "Real Madrid"ni ikkita o‘yin kutmoqda va Ispaniyaga qaytib kelgach, La Ligada "Malyorka", "Elche" va "Osasuna" bilan uchrashuvlar kutib turibdi. “Osasuna”dan 3 kun o‘tib “qaymoqranglilar” Chempionlar ligasida “Liverpul” bilan mehmonda, besh kundan keyin esa “Atletiko” bilan o‘z uyida o‘ynaydi. "Real"da esa tiklanish uchun bor-yo‘g‘i uch kun bor, chunki Karlo Anchelotti jamoasi to‘rtinchi kuni "Barselona"ni qabul qiladi.

“Real Madrid”ning keyingi ikki oylik taqvimi:

2 fevral, “Valensiya” (Uyda), La Liga

5 fevral, “Malyorka” (Mehmonda), La Liga

15 fevral, “Elche” (Uyda), La Liga

18 fevral, “Osasuna” (Mehmonda), La Liga

21 fevral, “Liverpul” (Mehmonda), Chempionlar ligasi

26 fevral, “Atletiko Madrid” (Uyda), La Liga

2 mart, “Barselona” (Uyda), Qirol kubogi (birinchi yarim final)

5 mart, “Betis” (Mehmonda), La Liga

12 mart, “Espanyol” (Uyda), La Liga

15 mart, “Liverpul” (Uyda), Chempionlar ligasi

19 mart, “Barselona” (Mehmonda), La Liga

2 aprel, “Valyadolid” (Uyda), La Liga

5 aprel, Barselona (Mehmonda), Qirol kubogi (ikkinchi yarim final).

"Real Madrid"da yana qanday muammolar bor?

Qiyin taqvimdan tashqari “Real Madrid"da tarkib borasida ham muammolar bor. 9 yanvardan buyon David Alaba va Aureliyen Tchuameni oltitadan o‘yin o‘tkazib yuborishdi. Har ikki futbolchining oyog‘idan jarohat borligi aniqlangan va ularning jamoaga qaytish vaqti hali aniqlanmagan. "Real Madrid"da o‘ng qanotda ham muammolar bor, Lukas Vaskesning to‘pig‘idan olgan jarohati va Daniel Karvaxalning mushaklari tufayli Nacho himoyada o‘ng qanotdan joy oldi.

“Qirollik klubi”ning yana bir muammosi – transferlar. To‘g‘rirog‘i, ularning yo‘qligi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, "Real Madrid" qishda hech kim bilan shartnoma imzolamadi. Chempionlar ligasining amaldagi g‘oliblari “PSJ” futbolchisi Ashraf Hakimiy va “Sporting” a’zosi Pedro Porro transferini ko‘rib chiqishdi, biroq biri Parijda qoldi, ikkinchisi esa “Tottenxem”ga yo‘l oldi. Shu tariqa Karlo Anchelotti himoyadagi muammolarni yopa olmadi. Bunday tig‘iz taqvim bilan "Real Madrid" hech qanday holatda o‘yinchilarini yo‘qotmasligi kerak va yoshi katta Luka Modrich, Toni Kroos va Karim Benzema borligini hisobga olsak, bu vazifani yengish qiyin bo‘ladi. Ko‘ramiz, Anchelotti bu muammolarga qanday yechim topa oladi ekan.

Kiritildi: 15:00, 02.02.2023.
O'qildi: 8316 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.