Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Andijon" bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev "Antalyaspor" rahbariyati bilan uchrashuvdan so‘ng nimalar dedi?

"Andijon" bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev "Antalyaspor" rahbariyati bilan uchrashuvdan so‘ng nimalar dedi?

Baho:
+ | -

Xabar berib o‘tilganidek, "Andijon" Antaliyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan foydalanib Turkiyaning “Antalyaspor” klubi bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati Ulug‘bek Mirzayev bilan suhbat uyushtirdi.

“Andijon” bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev “Antalyaspor” rahbariyati bilan muloqot jarayoni hamda klub infrastrukturasi bilan yaqindan tanishib chiqqach, “Andijon” matbuot xizmatiga quyidagilarni aytdi:

“Bunyodkor” klubida ishlagan chog‘imda ham Zagrebning “Dinamo” jamoasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygandik. Lekin “Antalyaspor” bilan hamkorligimiz “Dinamo” Zagrebnikidan ham ko‘ra qiziqarliroq va ajoyib ruhda o‘tdi.

Erdem Erdal kuchli mutaxassis ekan. Ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi bilan ipidan-ignasigacha tanishib chiqdik. Bu klubda juda katta yo‘nalishlar, futbol ichidagi va atrofidagi barcha ishlar qamrab olingan ekan. “Andijon” klubida ham xuddi shunday ish tizimini yo‘lga qo‘yishimiz uchun yo‘l xaritasi bilan erinmasdan tanishtirib chiqdi. Biz ham yo‘l xaritasini o‘zimizga mo‘ljallab ishlab chiqamiz.

Erdel bizga puling yoki o‘yinching bo‘lsa ham yuradigan yo‘lingni poyezdda yo samolyotda bosib o‘tasanmi, buni bilmasang g‘alabali manzilga yetib bora olmaysan, shu bois uzoq yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi bo‘lishi kerak, degan muhim gaplarni aytdi. Ushbu masala bo‘yicha biz strategik rejalarni ishlab chiqishga kirishib ketdik. Yaqin kunlarda memorandum imzolaymiz.

Bu yerda may oyida katta seminar bo‘lar ekan va bizni ham taklif qilishdi. Hamkorligimiz ikki tomonlama samarali bo‘lishiga ishonch kuchli. Biz ham o‘z fikrlarimizni va g‘oyalarimizni bildirganimizda bizni ham o‘zimizga yarasha mutaxassis ekanimizni anglab yetdilar va fikrlarimizni bir joydan chiqishiga turtki berdi.

Albatta, bu uchrashuvdan nafaqat qoniqish hosil qildim, balki xursand ham bo‘ldim. Boisi, bir nechta klublar va xorij mamlakatlarida bo‘lganman. Ammo janob Erdal kabi kuchli mutaxassis bilan deyarli birinchi bor uchrashdim. U juda samimiy va sirlarini berkitmasdan biz bilan baham ko‘rib, “Andijon” ham rivojlanish istagida ekanini hisobga olib, ochiq-oydin barcha ishlarini bizga oshkora aytdi.

“Andijon” klubini rivojlanish strategiyasini ishlab chiqamiz. Viloyatimiz hokimiga taqdim etamiz. Jamoamizni Respublikada yaxshi o‘rinlarga olib chiqishimiz kerak. Bu uchun mana shunday uchrashuvlar va hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishimiz muhim. Bu borada dastlabki qadamlar tashlanyapti. Shu ishga kirishdikmi, o‘z ortimizdan yaxshi loyihalarni hayotga tatbiq etib, ijobiy natijalarni qoldirib ketishimiz lozim. Bunga qattiq bel bog‘laganmiz", - deydi, Ulug‘bek Abdusattorovich.

Kiritildi: 20:02, 02.02.2023.
O'qildi: 970 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.