Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Barcha davrlardagi yanvar oyining eng qimmat transferlari (top-10)

Barcha davrlardagi yanvar oyining eng qimmat transferlari (top-10)

Baho:
+ | -

Enso Fernandes – 107 million funt (2023)

Ushbu xarid nafaqat yanvardagi eng katta xarid bo‘ldi, balki Buyuk Britaniya tarixidagi rekord transferga ham aylandi. "Chelsi"ning bu yurishi "Manchester Siti"ning Jek Grilishga qilgan 100 million funtlik sarmoyasidan ham o‘tib ketdi. Shunday qilib, "ko‘klar" bir oy davomida jami 330 million funtni transferlarga sarfladi.

Obameyang – 55 million funt (2018)

Obameyang Angliyaga to‘purar maqomida yetib keladi. Gabonlikning Londondagi to‘rt mavsumi 92 ta gol bilan yodimizda qoldi. Ha, u 2022 yilning yanvarida "Arsenal"ni yomon holatda tark etdi. Ammo baribir, muxlislar uni yaxshi xotiralar bilan eslashadi.

Fernando Torres – 50 million funt (2011)

"Chelsi" 2011 yilda Torresni 50 million funt evaziga "Liverpul"dan sotib olib, Britaniyada rekord o‘rnatgan edi. Garchand "Chelsi"ga YECHLni yutishda katta yordam bergan bo‘lsada, Torres London klubida hech qachon o‘zining darajasida harakat qila olmadi. U "Chelsi"da 172 ta bahsdan keyin 45 tagina gol urgandi.

Pedro Porro – 37 million funt (2023)

Eng savollar ostida bo‘lgan transferlardan biri aynan Porroniki bo‘ldi. Ko‘p klublar aralashganiga qaramay, Porro "Tottenxem" uchun qaror qilgandi. Qanot himoyachisi Londonga ijarachi sifatida keldi. Ammo "shporlar" uni mavsum so‘ngida 37 million funt evaziga sotib olish huquqiga ega.

Endi Kerrol – 35 million funt (2011)

Kerrol Torres o‘rniga olib kelingan edi. O‘sha paytda 35 million funt rekord summa sifatida qayd etilgan. Ammo uning "Liverpul"dagi sarguzashtlari omadsiz kechdi. Ingliz hujumchisi 58 ta o‘yinda 11 ta gol urgan xolos. Kerrol hozir "Reding" sharafini himoya qilmoqda.

Villian – 30 million funt (2013)

"Chelsi" Villianni ukrain klubidan o‘sha paytda o‘ta qimmat hisoblangan 30 millionga sotib oladi. Uning Londondagi yetti yillik faoliyati ajoyib kechdi. "Chelsi"dan keyin u "Arsenal"da harakat qildi. Ayni damda esa Villian Londonning boshqa bir klubi bo‘lgan "Fulxem" safida to‘p surmoqda.

Andre Shyurrle – 27 million funt (2015)

Bu ro‘yxatdagi APLdan sotilgan yagona futbolchi Shyurrle bo‘ladi. "Chelsi" nemis futbolchisini o‘z yurtiga 27 million funt evaziga qo‘yib yuboradi. Shyurrle 2014 yilda Jahon chempioni bo‘lgan. Ammo 2020 yilda, 29 yoshida faoliyatini tugatishga majbur bo‘ldi.

Xuan Kuadrado – 26 million funt (2015)

Kuadradoning transferi o‘ta g‘alati ko‘chishlardan biri bo‘lgan. Garchand 26 millionga sotib olgan bo‘lsada, "Chelsi" unga o‘zini ko‘rsatish uchun imkon bermadi. Atigi 13 ta bahsdan keyin Kuadrado Italiyaga yo‘l oldi. Uni 25 million evaziga "Yuventus" xarid qilgandi.

Xamid Traore – 26 million funt (2023)

"Bornmut" transferlarning so‘nggi kunida ikkita katta xaridni amalga oshirdi. 24 million evaziga Ilya Zabarniyni sotib olgach, Traore ham "Sassuolo"dan ijaraga olindi. Xamid, Porro kabi mavsum oxiriga qadar o‘ynab ko‘radi. Agarda o‘zini ko‘rsata olsa, u holda 26 millionga doimiy transfer amalga oshiriladi.

Lukas Moura – 24 million funt (2018)

Moura hali ham "Tottenxem" safida harakat qiladi. Jamoa muxlislari braziliyalikning "shporlar"ni 2019 yilgi YECHL finaliga olib chiqqan xet-trigini hech qachon unutmaydi. Biroq, Antonio Konte hujumchini chetga surib qo‘ydi. Maura 139 ta o‘yinda faqat 19 ta gol urishga erishgan xolos.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 10:01, 03.02.2023.
O'qildi: 1732 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.