Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Xomyakov: "Raqib gol urish uchun vaziyatlarni o‘zi yaratgani yo‘q, birinchi raqam bilan o‘ynadik"

Xomyakov: "Raqib gol urish uchun vaziyatlarni o‘zi yaratgani yo‘q, birinchi raqam bilan o‘ynadik"

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Fakel” (1:4) o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin "Andijon" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Umumiy ma’noda aytadigan bo‘lsam, o‘yindan qoniqdim. Bu raqib bizga muammo tug‘dirishini bilgandik. Chunki o‘tgan yili premyer-ligaga chiqqan va bu yil elitada munosib o‘yin ko‘rsatishyapti. Bugungi uchrashuvda qarshi hujum emas, balki hujumkor o‘yin ko‘rsatishni rejalashtirgandik. Shuningdek, pressing ham qo‘llashimiz ko‘zda tutilgandi.

60 daqiqadan ko‘proq vaqt davomida ustunlik biz tomonda bo‘ldi. Raqib gol urish uchun vaziyatlarni o‘zi yaratgani yo‘q. Faqat biz yosh bolalarcha xato qilganimiz uchun ular gol urib ketishdi. Yana qaytaraman: o‘yin bo‘yicha qoniqdim, xursand bo‘ldim. Birinchi raqam bilan o‘ynadik. Aynan ushbu maxsus hujumkor va to‘pni nazorat qilish taktikasini tanladik. Chunki oldin o‘yinimizda mana shunday uslubda o‘ynashimiz bo‘yicha muammo bo‘lgandi. Bugun kamchiliklarimizni ko‘rdik. Albatta, natija biz uchun yaxshi emas. 60-daqiqadan keyin yoshlar maydonga tushishdi. Ammo o‘yinga to‘liq moslasha olmadilar va birin ketin 2 ta gol o‘tkazib yubordik.

- Litovkada isitma bor edi. Shunga dam berdik. Keyingi o‘yinda maydonga tushadi.

- Dilshod Komilov o‘tgan o‘yinda 30 daqiqa o‘ynadi. Axtam Nazarov bugun debyutini o‘tkazdi. Unga birinchi o‘yindanoq moslashish oson emasdi. Ozgina vaqt kerak. Lekin Nazarovda katta tajriba bor. Birinchi o‘yindanoq ko‘rinib turibdiki, sifatli o‘yinchi. Jamoamizga albatta yordam beradi. Tojikiston terma jamoasi sardori. Bejizga 60 dan ortiq uchrashuvlarda o‘ynamagan. Dilshod Komilovga kelsak, u hali yosh. Albatta bu o‘yinchi ham bizga yordam beradi. Katta futbol uning uchun endi boshlandi. Kavtardze bilan Arveladze ham ko‘rinib turibdiki, ikkisi sifatli. Lekin jismonan to‘liq tayyor emas. Shunday bo‘lsa-da, qanday o‘ynashni bilishadi. Ularni jismonan tayyorlash biz murabbiylarning ishimiz." - dedi Xomyakov.

Kiritildi: 21:11, 03.02.2023.
O'qildi: 892 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик