"Kristal Pelas" futbolchisi jamoani tark etadi. Xabarlarga ko‘ra, "burgutlar" hujumchisi Vilfrid Zaxa yanvarda klubni tark etmoqchi bo‘lgan.
Ammo rahbariyat bunga ruxsat bermagan. Zaxa yozda erkin agentga aylanadi. U "Kristal Pelas" safida 450 ta o‘yinda maydonga tushib, 89 ta golga mualliflik qilgan.