Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Maksim Shaskix "Paxtakor" tarixida eng ko‘p akademiya tarbiyalanuvchisidan foydalangan murabbiy bo‘ldi

Maksim Shaskix "Paxtakor" tarixida eng ko‘p akademiya tarbiyalanuvchisidan foydalangan murabbiy bo‘ldi

Baho:
+ | -

Kecha Gruziyaning "Samgurali" jamoasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida "Paxtakor" qiziq holat bilan tarixga kiradigan bo‘ldi.

"Asosiy tarkibning 11 nafar futbolchisi ichida Sanjar Quvvatovdan tashqari qolgan barcha futbolchilar "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchilari bo‘ldi. Bu 9 nafar futbolchimiz ayni paytda Ravshan Haydarov qo‘l ostida O‘zbekistondagi Osiyo chempionatiga tayyorlanayotgan bir paytdagi vaziyat.

Kechagi tarkibga nazar tashlasak, u yerda Muhammadqodir Hamraliyev (2001, Stanislav Kudryashov), Diyor Xolmatov (2002, Timur Alimxo‘jayev va Dilshod Nuraliyev)ni katta futbolchi sifatida ko‘ramiz. Vaholangki, bular endi 21-22 yoshni qarshi olyaptilar. 2004 yilda tavallud topgan va Olim Shokirov qo‘l ostida katta bo‘lgan Abdumajidov, Poyonov, Todorov, O‘ktamov, Beglarxonov hamda Turdimurodov. Farhod Nishonovning 2005 yilda tarbiyalaganlaridan O‘rinboyev va Saidnurullayev. Yana o‘yinda qatnashmaganlar orasida Xojiakbar Alijonov (1997, Jasur Abduraimov) va Shahzod Azmiddinov (2000, Timur Olimxo‘jayev).

"Paxtakor" jamoasining falsafasi akademiyadan tavallud topgan jamoalar bilan chempion klub yaratish.

Albatta, bu ish buguncha o‘rtoqlik o‘yinida amalga oshdi. Umid qilamiz, klubimiz menejerlari va bosh murabbiy Maksim Shaskix yordamida Superliga, keyinchalik OCHLda ham mana shunday natijaga erishamiz" - deyiladi "Paxtakor bayonotida.

Kiritildi: 14:03, 04.02.2023.
O'qildi: 1134 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик