Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Fransuz futboli mojarolari

Fransuz futboli mojarolari

Baho:
+ | -

2022 yilning dekabri o‘rtalarida «Vegas» xokkey klubining sohibi Bill Fouli «Bornmut» futbol klubini Maksim Dyomindan sotib olgandi. Lekin shu bilan kifoyalanib qolmadi - APL vakilidan keyin Liga1 klubiga ham qiziqib qoldi. Endi o‘sha jamoa muxlislari undan norozilar.

Fouli «Loryan» aksiyalarining 1/3 qismini xarid qildi, o‘z tarmog‘ini tashkil etmoqchi

«Bornmut» bilan imzolangan sharnomaning siyohi qurishga ulgurmasdan, amerikalik biznesmen fransuz klubini nishonga oldi va bir oydan keyin «Loryan» aksiyalarining 33 foizini sotib oldi.

«Loryan» - Liga1ning eng quvnoq jamoalaridan biri. Joriy mavsumda turnir jadvalining yuqori o‘ntaligida bormoqda, yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurash olib bormoqda. E’tiborlisi, uning ishtirokidagi aksariyat (20taning 18tasida) o‘yinlarda muxlislar albatta gol ko‘rishadi. Daily Mailning xabariga ko‘ra, Fouli Belgiya va Janubiy Amerika klublarini xarid qilishni mo‘ljallamoqda. Biznesmen shu asnoda butun bir klublar tarmog‘ini shakllantirmoqchi. Rejaning yarmi amalga oshirildi.

«Loryan» tez orada muhim o‘yinchisini «Bornmut»ga sotib yubordi

Oradan bir hafta o‘tgach, «Loryan»ning 20 yoshli vingeri Dango Uattara «Bornmut»ga yo‘l oldi. U joriy mavsumda 11 ball (6+5) bilan jamoaning eng sermahsul o‘yinchisi bo‘lib turgandi. Dango sentyabr oyidagi barcha uchrashuvlarda, yaqinda «Monako» darvozasiga ham gol urgandi.

Transfermarkt kelishuvni 27 mln. yevroga baholadi. Uattara o‘zining Angliyadagi «Nottingem Forest»ga qarshi dastlabki bellashuvida bitta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Ingliz klubi shuningdek, «Loryan»ning 22 yoshli yarim himoyachisi Enso Le Feni ham xarid qilmoqchi bo‘lgandi. Biroq hujumkor xavbek (3}4) «Bornmut»ga o‘tishni istamadi.

G‘azablangan «Loryan» fanatlari prezidentga maktub yo‘lladilar

Faollashgan Merlis Ultras guruhi a’zolari «Loryan» prezidenti Loik Feriga maktub orqali o‘z e’tirozlarini izhor etdilar. Muxlislar nimadan norozilar:

  •  Lo‘nda savol: «Loryan» shu paytgacha o‘ziga xos jihatlari va o‘yin falsafasi bilan boshqa jamoalardan ajralib turardi. Uning tarixi va an’analaridan butunlay bexabar bo‘lgan amerikalikning nima keragi bor?»
  •  Muxlislar «Loryan» Foulining ikkinchi darajali tanlovi ekanligini ham ta’kidlab o‘tdilar - o‘z vaqtida biznesmen «Lion»da hech narsaga erisha olmagandi.
  •  Ular shuningdek, amerikaliklar sarmoyalari Fransiyaning ayrim klublariga faqat zarar keltirganini eslatib o‘tishdi. Masalan, «Bordo», «Gavr» va «Trua»ga.
  •  Muxlislar fikricha, «Loryan» shu ketishda angliyaliklar uchun yo‘ldosh jamoa, mashg‘ulot markazi bo‘lib qoladi.

Amerikaliklarning Fransiyadagi faoliyatlari ta’siri: «Bordo» Liga2ga tushib ketdi, «Red Star»ning 2ta uchrashuvi nihoyasiga yetmay qoldi, «Lion» sohibi esa muxlislardan norozi

Muvaffaqiyatlar juda kam.

  •  «Marsel» 2016 yildan beri amerikalik biznesmen Frenk Makkortning tasarrufida. Shu paytgacha birorta sovrinni qo‘lga kirita olmadi, bir marta YEL finaliga yetib bordi. Shu sababli klub rahbariyati muxlislardan firibgarlar to‘dasi laqabini olgandi.
  •  «Bordo» 2018 yilda Amerikaning General American Capital Partners investisiya kompaniyasiga sotib yuborilgandi. Bu qarorga qarshi bir necha marta noroziliklar bildirildi. Shundan beri klub Liga 1ning yetakchi o‘nligiga ko‘tarila olmadi, o‘tgan mavsumda umuman, Liga 2ga tushib ketdi. 
  •  «Gavr»ni 2010, yillarda Dresser rahbari Vinsent Volp o‘z tasarrufiga olgandi. Liga 2dagi jamoa hanuzgacha ijobiy siljishga erisha olmay kelmoqda. To‘g‘ri, faqat joriy mavsumda u yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi, elitaga ko‘tarilish uchun yaxshi imkoniyatga ega.
  •  Amerikaning RedBird Capital Partners «Tuluza»ning aksiyalar paketini 2020 yilda xarid qilgan bo‘lsada, jamoa Liga 1ga qaytib, o‘z o‘rnini saqlab qolishni uddalamoqda.
  • Xitoy-Amerika konsorsiumi 2021 yildan boshqarmoqda. Jamoa o‘sha mavsumda Liga 2dan tushib ketib, endi qaytishga yaqin ham kela olmayapti.
  •  AQSHning 777 Partners investisiya kompaniyasi o‘tgan yil bahorida Fransiyaning «Red Star» klubini xarid qilganida, uchrashuvlarning birida fanatlar yangi sohibga qarshi bannerlarni ko‘tarib chiqishdi, keyin maydonga tutun chiqaruvchi portlatgichlarni uloqtirishdi - o‘yinning 1-bo‘limini tugatishning iloji bo‘lmadi. Hozir «Red Star» Liga 2dan ko‘tarilishga urinmoqda.
  •  «Lion»ning amerikalik sohiblari faoliyatiga baho berish uchun asoslar yetarli emas - Jon Tekstor klubni atigi bir oy avval o‘z tasarrufiga oldi. Jamoa avvalgi «Lion»ga o‘xshamay qoldi - yetakchi o‘ntalikda yurishni zo‘rg‘a uddalamoqda. Muxlislar esa o‘yinchilardan norozilar, ularning portretlarini ko‘tarib olgan holda shahar kezib, jamoadan chetlatishni talab qilmoqdalar. «Boss» esa fanatlardan norozi, ularni futbolchilarga bosim o‘tkazganlikda ayblamoqda. Xullas, Lionda zerikishga vaqt yo‘q.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:30, 06.02.2023.
O'qildi: 949 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.