Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Xitoylik yirik investorlar «Qo‘qon-1912» jamoasi ofisiga tashrif buyurdi

Xitoylik yirik investorlar «Qo‘qon-1912» jamoasi ofisiga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Bugun «Qo‘qon-1912» jamoasining ofisiga Xitoyning Kuytun shahridan kelgan yirik investorlar tashrif buyurishdi. Jamoaning katta tarixga ega bo‘lganidan xabar topgan investorlar «Qo‘qon-1912» futbol klubi tarixiga katta qiziqish bildirdilar. Mehmonlarni jamoa rahbariyati iliq kutib oldi va ularga jamoaning tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Investorlar va «Qo‘qon-1912» jamoasi vise-prezidenti Akramjon Mamadaliyev o‘rtasida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi

Xitoylik mehmonlar «Qo‘qon-1912» jamoasini Kuytun shahridagi mahalliy jamoa bilan o‘rtoqlik uchrashuviga taklif qilishdi. Agar «Qo‘qon-1912» jamoasi bu taklifga rozi bo‘ladigan bo‘lsa, kutib olish va mehmonxona xarajatlarni xitoyliklar o‘z bo‘ynilariga olishlarini ham ta’kidlashdi. Bu taklifga javoban esa jamoa rahbariyati chempionat vaqtida bo‘ladigan tanaffusda Xitoyga borib, o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishga rozilik berishdi. Bu masala bo‘yicha keyinchalik yana bir bor suhbatlashishga kelishib olindi. Uchrashuv so‘nggida investorlarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Shuningdek jamoa rahbari Qo‘qon shahri hokimi Ma’rufjon Azamovich Usmonov qabulida bo‘ldi. Qabul davomida hokimimiz jamoa a’zolarini «Farg‘ona viloyati hokimi kubogi» turniridagi g‘alaba bilan tabrikladilar hamda jamoamizni har tomonlama qo‘llab quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 22:13, 06.02.2023.
O'qildi: 1536 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик