Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

“Manchester Siti” APLdan chetlatilishi mumkin. Klubga ayblovlar ro‘yxati taqdim etildi!

“Manchester Siti” APLdan chetlatilishi mumkin. Klubga ayblovlar ro‘yxati taqdim etildi!

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi 2009 va 2018 yillar oralig‘ida "Manchester Siti"ning ko‘plab qoidabuzarliklari va klub yuqori ligadagi o‘rnini yo‘qotishi mumkinligi haqida bayonot tarqatdi. Ayblovlar misli ko‘rilmagan va hozir Siti uchun vaziyat juda jiddiy ko‘rinadi.

O‘zi nima bo‘lyapti?

Premer-liga to‘rt yil davomida "Manchester Siti"ning moliyaviy holatini o‘rganib chiqdi va bu haqdagi tafsilotlarni ommaga e’lon qildi. Premyer-liga klubni 9 mavsum davomida 100 dan ortiq moliyaviy qoidabuzarlikda aybladi. Tergov 2009-yildan ("Siti" arablar mulkiga o‘tganidan bir yil o‘tib) 2018 yil oxirigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Qizig‘i shundaki, klub tergov davom etayotganidan xabardor edi, chunki Premyer-liga bayonotida uning hamkorlik qilmasligi haqida so‘z boradi.

Ayblovlarning asosiy qismi klub daromadlari, jumladan, homiylik, shuningdek, operasion xarajatlarga tegishli. Bosh murabbiyning – 2009/2010 yilgi mavsumdan 2012/2013 yilgacha, “Siti”ni Roberto Manchini boshqargan paytgacha maoshi va 2010/2011-2015 yilgi mavsumdagi bonus o‘yinchilarga to‘lovlar bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etishda ham qoidabuzarliklar mavjud. Bundan tashqari, Premyer-liga klub moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganini va bu bir necha bor - 2013/2014 yilgi mavsumdan 2017/2018 yillargacha bo‘lganini da’vo qilmoqda.

Endi nima bo‘ladi?

Premyer-liganing ta’kidlashicha, u aniqlagan qoidabuzarliklar mustaqil hay’atga yuborilgan va liga qoidalariga muvofiq maxfiy tinglovda ko‘rib chiqiladi. Rasmiylar "Siti"ga qarshi bayonot yoki ish bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdilar.

Shu bilan birga, klub Premyer-liga bayonot berishi haqida xabardor qilinmagan, ammo Manchesterda ular ba’zi jurnalistlarga bo‘lajak voqea haqida oldindan aytib berishganiga aminlar. Rasmiy saytdagi xabarga ko‘ra, "Siti" nima bo‘layotganidan qo‘rqmaydi.

Klub vaziyat bo‘yicha o‘z bayonotini e’lon qildi:

“Klub pozisiyamizni qo‘llab-quvvatlash uchun mavjud bo‘lgan juda ko‘p dalillarni xolisona tekshirish uchun ushbu masalani mustaqil hay’at tomonidan ko‘rib chiqilishini mamnuniyat bilan qabul qiladi. Shuning uchun bu masala bir marta va butunlay yopiladi, deb umid qilamiz”.

"Siti" uchun qanday jazo qo‘llanishi mumkin?

"Manchester Siti" har doim moliyaviy jalkashliklarni inkor etib kelgan: klub jamoatchilikni Der Spiegel nashri yoki Football Leaks nashri bo‘lgan tergovning barcha tafsilotlari ishonchsiz ekanligiga ishontirdi. Hattoki, “Siti” UEFA tomonidan moliyaviy feyr-pleyni buzganlikda ayblanganda ham, klub to‘g‘ridan-to‘g‘ri CAS'ga murojaat qildi va o‘zining aybsizligini isbotlay oldi va oxir-oqibat "Siti"ga qo‘yilgan ayblovlar bekor qilindi. Klubda Premyer-ligada qo‘yilgan ayblovning har bir satrini inobatga olgan holda, oxirigacha va hozirgacha kurashadigan kuchli advokatlar jamoasi mavjud. Va bu safar ular yana katta hajmdagi ishlarni bajarishlari kerak: hozir aytib o‘tilgan narsalarning aksariyati avvalgi tergovlarda aytib o‘tilgan.

Agar mustaqil komissiya klubni aybdor deb hisoblasa, jazolar qatori jarimadan tortib, Premyer-ligadan butunlay chetlatishgacha bo‘lishi mumkin. Oldinda bizni uzoq va hayajonli tergov kutmoqda, uning yakuniy natijasi “Siti” va uning egalari obro‘siga xavf tug‘diradi. UEFA bilan bo‘lgani kabi, bu yerda ham muvaffaqiyat qozonishi dargumon. Premyer-liga bu tergovni juda uzoq vaqt davomida olib bordi va yetarlicha dalillar to‘plagan bo‘lishi mumkin.

Demak, bu yil "Siti" uchun "qizg‘in" bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 23:59, 06.02.2023.
O'qildi: 6376 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.