Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

"Chelsi" va "Liverpul" "Atletik Bilbao" futbolchisiga da’vogar

"Chelsi" va "Liverpul" "Atletik Bilbao" futbolchisiga da’vogar

Baho:
+ | -

"Chelsi" va "Liverpul" yozda "Atletik Bilbao"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Oyan Sansetni qo‘lga kiritish uchun kurashmoqda, deya xabar beradi CaughtOffside.

Ikkala klub ham kuchliroq yarim himoya chizig‘iga juda muhtoj va yozgi transfer oynasi uchun futbolchini maqsad qilib ko‘rmoqda.

Yanvar oyida Londonning "Chelsi" jamoasini Jorjinyo tark etdi. U "Arsenal" bilan shartnoma imzoladi. Bundan tashqari, klubda boshqa yarim himoyachilarning uzoq muddatli kelajagi borasida hamon noaniqlik borligi xabar qilingan. Ular orasida NGolo Kante, Ruben Loftus-CHik va Konor Gallaxer kabilar bor.

O‘z navbatida "Liverpul" ham mavsum davomida o‘yinlari ko‘p marotaba savollar tug‘dirgan yarim himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Bundan tashqari, klubning uch nafar yarim himoyachisi – Nebi Keyta, Aleks Oksleyd-CHemberlen va Jeyms Milnerning shartnomalari yozda tugaydi.

22 yoshli Oyan Sanset joriy mavsumda Bilbaoning "Atletik" klubining asosiy o‘yinchisiga aylangan. Ayni damda ispaniyalik yarim himoyachi La Liganing 20ta uchrashuvida 7ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:09, 07.02.2023.
O'qildi: 1022 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик