Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Oleg Zoteev: "Lokomotiv" ushbu yoshlarining nimalarga qodirligini ochib berishi kerak"

Oleg Zoteev: "Lokomotiv" ushbu yoshlarining nimalarga qodirligini ochib berishi kerak"

Baho:
+ | -

2023 yilgi mavsum arafasida "Lokomotiv"ga qaytgan Oleg Zoteev o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

- "Lokomotiv"ga qaytganimdan xursandman. Klub yangi loyiha tuzmoqchi. Barcha bilib turganidek, jamoada yosh futbolchilar ko‘pchilikni tashkil qilmoqda. Balki "Lokomotiv"ning Pro-ligaga tushgani ham yaxshi bo‘lgandir. Chunki ularni o‘stirish, rivojlantirish uchun ushbu liga juda mos. Bu yil Pro-ligani yutib, keyingi yilga boshqa vazifalarni belgilab olish kerak.

Buni bir qadam ortga - ikki qadam oldinga desa ham bo‘ladi. Ammo bu borada oldindan gapirish juda qiyin. Yilning birinchi yarmidan keyin hulosa chiqarish ham mumkin.

- "Lokomotiv"dan ketganingizdagi va hozirgi tarkibni solishtiradigan bo‘lsak, farq juda katta. Tarkibning yosharishi haqida qanday fikrdasiz?

- O‘shanda "Lokomotiv"da deylik 20 futbolchi bo‘lsa, shularning 18 nafari termaga nomzod futbolchilar edi. Hozirgi paytda esa tarkibda ikki-uch nafar yoshi katta futbolchi bor. Qolgan barcha futbolchilar esa yoshlar, tajribasi, o‘yin amaliyoti kam, katta o‘yinlarni ko‘rishmagan. Masalan, agarda jamoa Superligada qolganida ushbu yoshlarga imkoniyat kamroq berilardi. Pro-liga orqali "Lokomotiv" ushb yoshlarining nimalarga qodirligini ochib bera olishi kerak. Pro-ligada bosim unchalik katta emas, bemalol o‘ynasa bo‘ladi. Albatta, barchasi ularning o‘zlariga bog‘liq. Biz yordamni ayamaymiz, doim qo‘llab-quvvatlaymiz. Agarda futbolchilar o‘z mahoratini ko‘rsata olsa, keyingi yil balki, Superligada ham asosiy tarkiblarda ko‘proq o‘yinga tushishi mumkin. Agarda Pro-ligada bosim his qilsa, o‘yinini ko‘rsata olmasa, o‘sha futbolchilar tarkibda qolmaydi.

- Antaliya yig‘inlaridan ko‘nglingiz to‘lyaptimi?

- Juda yaxshi yig‘in bo‘lyapti. Ko‘p yillardan buyon bunday yig‘inlarda qatnashaman. Xatto Superliganing bir qancha klublarida ham bunday yig‘in bo‘lmasa kerak. Yashash sharoitlari, mashg‘ulot uchun maydonlar ajoyib. Ushbu yig‘indan keyin Toshkentga qaytamiz va unda yana ikkita bosqich bo‘ladi. Mart boshida futbolchilarning holati va o‘yinlariga qarab yig‘inlar qanday o‘tganini ko‘rsak bo‘ladi. Ammo ayta olaman, yig‘inlar juda zo‘r o‘tmoqda.

Manba: "Локомотив" матбуот хизмати
Kiritildi: 16:35, 07.02.2023.
O'qildi: 982 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик