Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Yarim himoyada tanlovlariz qolgan ten Xag "Lids"ga qarshi qanday tarkibdan foydalanadi?

Yarim himoyada tanlovlariz qolgan ten Xag "Lids"ga qarshi qanday tarkibdan foydalanadi?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" APLning navbatdagi turida o‘z uyida "Lids Yunayted"ni qabul qiladi. Jamoa ushbu uchrashuvda g‘alaba qozona olsa, uy bahslarida ketma-ket 14 g‘alabasini qo‘lga kiritishi mumkin. Shuningdek, g‘alaba Erik ten Xag jamoasini "Manchester Siti"ga ochkolar borasida tenglashib olish imkoniyatini beradi. Boz, ustiga "Lids" dushanba kuni o‘z bosh murabbiyi Jessi Marshni ishdan bo‘shatgan edi. Shu sababli bu o‘yinga mehmonlar vaqtinchalik murabbiy ko‘magida keladi. "Qizil iblislar" uchun noyabrdan beri ligada g‘alaba qozona olmayotgan raqibni mag‘lub etish, unchalik ham qiyinchilik tug‘dirmaydi hisoblanmoqda.

"Manchester Yunayted" raqib oldida qanchalik ishonchli ko‘rinmasin, jamoa ichida muammolar bisyor. Shulardan biri, yarim himoyadagi yo‘qotishlardir. Xususan, shu kunlarda eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etilayotgan Kazemiro qizil kartochka sabab APLning uchta o‘yinini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Qolaversa, ten Xag yana bir yarim himoyachi – Skott Maktomineyning jarohati borligi, maydonga tusha olmasligini ma’lum qilgan. Kristian Eriksen allaqachon to‘pig‘idan jarohat olib, maydonni bir oyga tark etgandi. Hatto, doimiy zaxirada o‘tiradigan Donni van de Bekda ham tizza bilan bog‘liq muammo mavjud. Hujumchi Antonining holati yaqin orada ochiqlanib, braziliyalik vinger maydonga tushishi so‘roq ostida qolgani bildirilgan edi.

Bunday muammolar fonida Erik ten Xag "Bavariya"dan ijaraga olingan Marsel Zabitserni asosiy tarkibga kiritishga majbur bo‘ladi. U bilan tayanch yarim himoyasida Fred hamkorlik qiladi.
Maydon markazidan tashqari boshqa chiziqlarda ham tanlov imkoniyati unchalik ham katta emas. Xususan, David De Xea, Lyuk Shou, Lisandro Martines va Rafael Varanlar asosiy tarkibga kiritiladi. Undan tashqari, jamoa sardori Xarri Magauyrga ham asosiy tarkibdan joy ajratilishi aytilgan. O‘ng qanotda Diyegu Dalotdan ko‘ra Eron Uan-Bissaka varianti ma’qulroq ko‘riladi.

Brunu Fernandesh doimgidek hujumkor yarim himoyachi vazifasini bajaradi. Markus Reshford esa hozirgi ajoyib sport formasida chap qanotni "yondirish"ga harakat qiladi. Vaut Vegxorst markaziy hujum zonasini egallagan holda, chapda Alexandro Garnacho joylashadi. Negaki, chap uchun tanlov deyarli qolmagan. Jumladan, Antoni va Marsyallarda jarohat mavjud va ular qaydnomaga kiritilmasligi ten Xag tomonidan tasdiqlandi. Garnacho variantidan tashqari, ten Xagda Jeydon Sanchoni maydonga tashlash imkoni ham bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" va "Lids Yunayted" o‘rtasidagi bahs chorshanba kuni tunda, Toshkent vaqti bilan soat 01:00da start oladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 10:33, 08.02.2023.
O'qildi: 2459 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.