Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Karrasko kelsa, Fati ketadi

Karrasko kelsa, Fati ketadi

Baho:
+ | -

"Barselona" hujumchisi Ansu Fati 2023 yilning yozida "Atletiko" vingeri Yannik Ferreyra-Karrasko jamoaga kelib qo‘shilsa, klubni tark etishi mumkin.

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Kataloniya klubi Memfis Depayning transferi bo‘yicha kelishuvda ko‘rsatilgan "Atletiko"dan Karraskoni imtiyozli sotib olish variantidan foydalanish to‘g‘risida hali qaror qilgani yo‘q. Ammo “Barselona” undan foydalansa, Fati jamoani tark etishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi ketishi mumkin, chunki ispan klubi yozda futbolchilarni sotishi kerak bo‘ladi. Hujumchiga Angliya klublaridan doimiy qiziqishlar bor.

Fati yaqinda "Barselona" bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirdi. Futbolchining kelishuvida tovon puli ko‘rsatilgan, bu 1 milliard yevro.

Joriy mavsumda Fati “Barselona” safida barcha turnirlar doirasida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:33, 08.02.2023.
O'qildi: 2415 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик