Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Chempionatning dastlabki uch turi sanalari aniq bo‘ldi

Chempionatning dastlabki uch turi sanalari aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

7 fevral kuni Superliganing 2023 yilgi mavsumi uchun qur’a tashlandi. Shu asosda avvaldan rejalashtirilgan taqvimga aniq sanalarni kiritish ishlari boshlandi.

Mart oyining 20-28 sanalari FIFA kunlari sifatida belgilab olingan. O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari uning doirasida xalqaro safar o‘yinlarida ishtirok etadi. Qolaversa, 1-18 mart kunlari mamlakatimizning 4 ta stadioni U20 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi. Sir emaski, yana 4 ta stadion ta’mirlash ishlari sabab mavsumga tayyor emas.

Mana shunday mushkul vaqtda O‘FA taqvim masalasida iltimos bilan chiqqan. Unga ko‘ra:

— milliy terma jamoaga futbolchi beradigan uch asosiy klub: «Paxtakor», «Nasaf» va «Navbahor»ning 3-turdagi o‘yinlari 17 mart sanasiga qo‘yilishi kerak;
— Marokashga yo‘l olayotgan olimpiya termasining rejasidan kelib chiqib, «Olimpik» ishtirokidagi o‘yin ham iloji boricha ertaroq o‘tishi kerak.

Superliga o‘yinlari futbol muxlislariga qulaylik qilish maqsadida juma, shanba va yakshanba kunlariga reja qilingan. Bunda FIFA kunlari inobatga olingan. Qo‘shimchasiga, Liga 18 mart kuni Toshkentda o‘yin tashkil qila olmaydi. Shu kuni U20 Osiyo chempionatining so‘nggi ikki uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Barcha holatlarni inobatga olib, Liga dastlabki uch turning faqatgina 4 ta o‘yinida o‘zgarishlar qildi. Bu haqda qur’a oldidan futbol jamoatchiligiga ham aytib o‘tilgandi. Demak:

— 1-tur doirasida safarda o‘ynashi kerak bo‘lgan «Nasaf» va «Surxon» jamoalari nominal mezbonga aylanadi (ularning raqibi bo‘lgan «Andijon» va OKMK uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadion xalqaro musobaqa bilan band);

— 2-tur doirasidagi «Bunyodkor» — OKMK o‘yini keyinroq o‘tkaziladi (Katanes milliy termaga chaqiruv olgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qilishiga qarab mazkur bellashuv yo FIFA kunida yoki aprel oyidagi bo‘sh kunlardan birida o‘tadi);  

— 2-tur doirasida safarda o‘ynashi kerak bo‘lgan «So‘g‘diyona» jamoasi ham nominal mezbonga aylanadi (jizzaxliklarning raqibi bo‘lgan «Olimpik» jamoasi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadion xalqaro musobaqa bilan band);

— 3-tur doirasidagi safarda o‘ynashi kerak bo‘lgan «Olimpik» nominal mezbonga aylanadi (o‘yin «Jar» stadionida o‘tadi).

Kunning qolgan qismida Liga keyingi turlar masalasiga ham oydinlik kiritadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:44, 08.02.2023.
O'qildi: 2771 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.