Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Evra "PSJ"ni 2019 yili haqorat qilgani uchun jarimaga tortildi

Evra "PSJ"ni 2019 yili haqorat qilgani uchun jarimaga tortildi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Patris Evra Chempionlar ligasining 2018/2019 yilgi mavsumi 1/8 finalining javob uchrashuvida "qizil iblislar"ning "PSJ"ga (3:1) qarshi o‘yinidan so‘ng gomofobik so‘zlari uchun jarimaga tortildi, deb xabar bermoqda L'Equipe nashri.

Fransiyalik futbolchi uchrashuv yakunlanganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqqa videoni joylashtirgan va unda parijliklarni geylar deb atagan, so‘ngra “Manchester Yunayted”da “erkaklar” o‘ynashini qayd etgan.

LGBT tashkilotlari futbolchi ustidan “bir guruh odamlarni jinsiy oriyentasiyasi tufayli omma oldida haqorat qilgani” uchun shikoyat qilgan. Sudya ishni “ommaviy haqorat” sifatida qayta tasnifladi va Parij polisiya sudiga yubordi.

Natijada Evra 1 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi. Bundan tashqari, u qonuniy ravishda har bir tashkilot xarajatlari uchun 1,5 ming yevro miqdorida tovon puli hamda 1 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha advokat Etyen Deshulyerning aytishicha, "Patric Evra kabi shaxslarning gomofobik so‘zlari LGBT odamlariga nisbatan nafrat va zo‘ravonlikni qo‘zg‘atadi, ayniqsa gomoseksualizm bostirilgan mamlakatlarda" - dedi advokat.

Kiritildi: 20:24, 09.02.2023.
O'qildi: 797 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик