Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem

Futbol atamalari. Bugungi futbolda PPDA nima? Uning jamoalarga foydasi qanday?

Futbol atamalari. Bugungi futbolda PPDA nima? Uning jamoalarga foydasi qanday?

Baho:
+ | -

Raqib himoya qo‘rg‘oniga paslar orqali hujum uyushtirish va uning o‘lchovini chiqarish, paslarning ta’sirini o‘rganish albatta, bugungi zamonaviy futbolga bo‘lgan qiziqishni oshirishi shubhasiz.

So‘nggi bir necha yil ichida futbolni yaxshiroq tushunish uchun unga oid turli ma’lumotlardan foydalanish tendensiyasi kuchayib bormoqda. O‘nlab yillar davomida futbol odatda o‘yinning yorqin daqiqalari va hujumkor o‘yinchilarga qaratilgan bo‘lib, zarbalar va gollarga asosiy urg‘u berilgan. Biroq muxlislar intellektining muttasil o‘sib borishi oqibatida endi faqatgina gollar va assistlar haqidagi statistikalar juda sodda ko‘rinishni boshladi. Natijada, XG va PPDA kabi terminlar paydo bo‘ldi. Ular asosan kutilgan xavfli hujumlar, himoyachilar blokidan muvaffaqiyatli o‘tishlar soni va boshqa ko‘rsatkichlarni ifodalaydi. Quyida ko‘pchilik uchun notanish bo‘lgan yangi termin PPDA — pressing haqida gaplashamiz.

Raqib himoya qo‘rg‘onidan o‘tish uchun uzatilgan har bir pas - PPDA (kuchli pressing). Bu himoyaga qarata yuqori bosimning intensivlik o‘lchovi sifatida ishlatiladi.

Futbolda PPDA nima va u nima uchun kerak?

Yuqorida aytib o‘tilganidek, ushbu termin himoyachilarga bo‘lgan yuqori bosimning intensivligik o‘lchovidir. Ushbu jarayonda bir jamoaning boshqa jamoa himoya bloklari yoki follar qilishidan oldingi paslar soni hisoblanadi.

PPDAda faqat raqib himoya chizig‘ining 3/5 qismigina o‘lchanadi (jamoa asosan, 3 ta himoyachi sxemasiga o‘tgan paytidagi holatda bu qulayroq). Shuning uchun u faqat yuqori pressing payti namoyon bo‘ladi, zonalar ochilib qolgani bois qarshi hujumga ko‘proq tayanadigan jamoalar bundan maksimal foydalanib qoladi. Himoyadagi jamoa imkon qadar tezroq to‘pni qaytarib olishga e’tibor qaratsagina, raqib PPDAsining foizini tushirishi mumkin. Chunki bunda vaqt va paslar miqdori kamayadi, o‘z himoya pozisiyasini qayta mustahkamlab boradi.

PPDA bizga qanday ma’lumotlarni berishi mumkin?

Jamoalar o‘yin holatiga qarab turli yo‘llar bilan pressingni uyushtirishadi. Masalan, ba’zi jamoalar raqib maydonning yarmiga chekinishi bilanoq pressingni boshlab yuborishadi. Bu «Bavariya»ning 2013 yilgi Chempionlar ligasi yarim finalida «Barselona» ustidan g‘alaba qozonganida yaqqol ko‘ringan. O‘shanda Yupp Xaynkesning qo‘llagan taktikasi shunga asoslangan edi.

Ba’zan, esa jamoalar to‘pni raqibning kuchsiz o‘yinchisiga tushishini poylab turishadi va ularni uzun hamda xato paslar berishga majbur qilishadi. Buni ko‘pincha jamoalar markaziy himoyachilarga to‘pni o‘ynashga qo‘yib berishidan sezish mumkin. Albatta, keyin ular o‘z pozisiyasidan kelib chiqib fintlarda xatolarga yo‘l qo‘yadi. Ayniqsa, bahsning so‘nggi 10 daqiqasida PPDA - pressing mag‘lub bo‘layotgan jamoa tomonidan ko‘p qo‘llaniladi. Boya aytilganidek, nafaqat raqib jarima maydoni ichida, balki, darvozaga yaqin hududda ham qo‘rqmay bunga murojaat qilgan klublarni topsa bo‘ladi.

Eng yaxshi himoya - bu hujum taktikasi aynan PPDA uchun aytilgandek. Chunki himoyasi zaifroqligi hamda gol o‘tkazib yuborishini his qilgan jamoa aynan raqib jarima maydoni ichiga yuqori pressing uyushtiradi, PPDA foizini oshiradi. O‘yin tempi va futbolchilarning ehtimoliy chidamliligini aniqlash uchun murabbiylar aynan PPDA statistikasidan foydalanishi mumkin.

Quyida Premyer-liganing joriy mavsumi uchun bunga oid statistikani ko‘rib chiqish mumkin. Jadvalning pastki qismida joylashgan jamoalar juda yuqori PPDA foiziga ega ekanligini ko‘ramiz, bu mantiqan to‘g‘ri, chunki ularning aksariyati past blokda o‘ynashga va chuqur himoyalanishga moyil bo‘lib, raqibni qarshi hujumda jazolashga harakat qiladi.

Yana bir qiziq narsa shundaki, yuqori pressing foizi hech qachon turnir jadvalidagi yuqori o‘rinni kafolatlamaydi. Jumladan, «Lids», «Chelsi» va «Liverpul» eng past PPDA ko‘rsatkichlariga ega jamoalar va shu bilan birga liga jadvalida mos ravishda 14, 10 va 6-pog‘onalarni egallab turibdi. Boshqa tomondan, «Tottenxem» juda yuqori PPDA ko‘rsatkichiga ega va hali ham jadvalda 5-o‘rinda.

«Manchester Siti» o‘tgan mavsumda bu reytingda 4-o‘rinni egalladi, ammo bu yil 7-o‘rinni band etgan. Albatta, bu Erling Xoland tufayli paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin, u himoyachilarga u qadar tez-tez pressing uyushtiraverish qobiliyatiga ega emas. Bu esa Pep Gvardiolaning taktik sxemalaridagi navbatdagi o‘zgarishlarni anglatishi mumkin, agar sovuqqon Xoland YECHLda ham foyda bermasa.

Kiritildi: 00:03, 10.02.2023.
O'qildi: 2748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.