Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Shomurodov, Sabiriy, Barak. A Seriya 2022/23 yilgi mavsum qishki transfer oynasidagi eng qimmat transferlar o‘nligi

Shomurodov, Sabiriy, Barak. A Seriya 2022/23 yilgi mavsum qishki transfer oynasidagi eng qimmat transferlar o‘nligi

Baho:
+ | -

Italiya A seriyasi klublari 2022/23 yilgi mavsum qishki transferlar oynasida u qadar faol harakat qildi deb bo‘lmaydi. O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning “Roma”dan 1,5 million yevro evaziga “Spesiya”ga ijaraga o‘tgani liganing joriy qishki transfer oynasidagi eng qimmat transferlari o‘nligidan joy oldi. Quyida Italiya jamoalarining yanvar oyidagi eng qimmat transferlari top-10 ligi taqdim etiladi.

10. Tio Sipot — “Mura”dan “Spesiya”ga
Transfer narxi: 700 ming yevro

“Spesiya” qishki transferlar oynasida 4 ta transferni amalga oshirdi. Italiyaning 17-o‘rnidan joy olgan jamoa kuchaytirilishga muhtoj edi. Kamtargina Sloveniya chempionatidan 19 yoshli Sipot izlab topildi va unga 1 million yevrodan kamroq pul to‘landi. Tio “Mura” safida joriy mavsum 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

9. Giorgos Kiryakopulos — “Sassuolo”dan “Bolonya”ga
Transfer narxi: 1 million yevro (ijara)

“Bolonya” chap qanot himoyasini grek futbolchisi bilan to‘ldirdi. 26 yoshli futbolchining ijarasi uchun 1 million yevro to‘lashga to‘g‘ri keldi. Kiryakopulos 2020 yil sentyabr oyida “Sassuolo”ning to‘laqonli futbolchisiga aylangan edi.

8. Raymonds Krollis — “Valmiera”dan “Spesiya”ga
Transfer narxi: 1,5 million yevro

“Spesiya”ning yana bir yangi futbolchisi. Italiya klubi xo‘jayinlari latviyalik 21 yoshli hujumchining o‘yinidan hayratlangan va unga 1,5 million yevro to‘lab berdi. Krollis o‘tgan mavsum “Valmiera” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol muallifiga aylangan.

7. Eldor Shomurodov — “Roma”dan “Spesiya”ga
Transfer narxi: 1,5 million yevro (ijara)

O‘zbekistonlik futbolchi Italiyadagi faoliyati davomida uchinchi jamoaga (“Jenoa”, “Roma” va endi “Spesiya”) o‘tdi. Rimliklar safida o‘yin amaliyotisiz qolgan Eldor ijara asosida “Spesiya” safiga borib qo‘shildi. Shomurodov joriy mavsum “Roma”da 8 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. 28 yoshli futbolchi “Spesiya” safida ham allaqachon 2 ta o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.

6. Yosip Brekalo — “Volfsburg”dan “Fiorentina”ga
Transfer narxi: 1,5 million yevro

“Fiorentina” o‘z tarkibini 33 yoshli futbolchi bilan to‘ldirdi. Brekaloda top ligalarda o‘ynash tajribasi yetarli. Xorvatiyalik futbolchi 2016 yildan buyon “Volfsburg”, “Shtutgart” va “Torino” kabi jamoalar sharafini himoya qilib kelgan. Uning hisobida Bundesligada 122 ta o‘yin, A Seriyada 32 ta o‘yin mavjud.

5. Mateush Prashelik — “Shlyonsk”dan “Verona”ga
Transfer narxi: 2 million yevro

“Verona” tarkibini kuchaytirish uchun Polsha chempionatidan nomzod topdi. Veronaliklar 22 yoshli Prashelikni xarid qildi va yanvar oxirida uni B Seriya vakili “Kozensa”ga ijaraga berib yubordi.

4. Abdulhamid Sabiriy — “Sampdoriya”dan “Fiorentina”ga
Transfer narxi: 2,5 million yevro

Sabiriy 2020 yildan buyon Italiyada to‘p surib keladi. “Fiorentina” futbolchi uchun “Sampdoriya”ga 2,5 million yevro to‘lab berdi. Hozirda jarohatini davolash bilan mashg‘ul bo‘lgan Abdulhamid 2022/23 yilgi mavsumning qolgan qismini ham genuyaliklar tarkibida o‘tkazadi.

3. Pshemislav Visnevski — “Venesiya”dan “Spesiya”ga
Transfer narxi: 4 million yevro

Spesiya klubi 24 yoshli yarim himoyachi uchun 4 million to‘ladi. Visnevski uchun “Spesiya” “Venesiya”dan keyin ikkinchi italyan klubi hisoblanadi.

2. Mateus Martins — “Fluminense”dan “Udineze”ga
Transfer narxi: 6 million yevro

“Udineze” 19 yoshli braziliyalik uchun 6 million yevro to‘lashdan qo‘rqmadi. Friuli jamoasi Martinsni darhol Chempionship vakili “Uotford”ga ijaraga berib yubordi. Mateus bunga qadar faqat Braziliya chempionatida to‘p surgan.

1. Antonin Barak — “Verona”dan “Fiorentina”ga
Transfer narxi: 8,5 million yevro

Barak 2022 yil yozidayoq “Fiorentina” safiga o‘tgan edi. Florensiyaliklar dastlab ijaraga olgan futbolchisini qishki transferlar oynasida “Verona”dan to‘liq sotib oldi. Antonin joriy mavsum barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta golga mualliflik qildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:33, 13.02.2023.
O'qildi: 2510 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.