Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

FIFPro. Kim eng yaxshilar safiga kira oladi? Ronaldu, Messi, Benzema...

FIFPro. Kim eng yaxshilar safiga kira oladi? Ronaldu, Messi, Benzema...

Baho:
+ | -

"FIFPro" tomonidan 2022 yilda eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan 26 futbolchi nomi e’lon qilindi. Ushbu ro‘yxatga barcha zamonlarning eng yaxshilaridan bo‘lmish Ronaldu va Messi ham kiritildi. Umumiy futbolchilar 3 ta darvozabon, 8 ta himoyachi, 8 ta yarim himoyachi ga 7 ta hujumchidan iborat edi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, ro‘yxatdan faqatgina bitta ingliz futbolchisi o‘rin olgan.

Lionel Messi nafaqat 26 talik guruhga, balki ramziy terma jamoaga ham kirishi aniq. Negaki, u yilni Jahon chempioni sifatida tugatgan edi. Biroq, ro‘yxatda Ronalduning ham nomi bo‘lishi, ko‘pchilikni hayratga solgan bo‘lsa, ajab emas. 38 yoshli portugaliyalik yulduz 2021-22 yilgi mavsumni 24 ta gol bilan yakunlagandi. Ammo joriy mavsumning birinchi qismi, Ronaldu uchun faqatgina uchta gol bilan yakunlandi. Oradan ko‘p o‘tmay u "MYU"ni tark etib, "An-Nasr" futbolchisiga aylandi. Ro‘yxatdan Ronalduning ham o‘rin olganiga izoh berar ekan, Pirs Morgan, jumladan, shunday deydi: "Uning tengdoshlari ommaviy axborot vositalariga qaraganda Ronalduga nisbatan ko‘proq hurmat ko‘rsatayotgani qiziq tuyulmoqda".

Ro‘yxatdan, shuningdek, ramziy terma jamoaga kirishi mumkin bo‘lgan Karim Benzema, Erling Xoland, Robert Levandovski, Kilian Mbappe va Neymar kabi hujumchilarning nomlari ham joy olgan. Shunga qaramay, "Real"ning YECHLda g‘olib bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan Vinisiusga u yerda joy topilmadi.
Angliya terma jamoasi a’zosi va "Borussiya Dortmund" yarim himoyachisi Jud Bellingem inglizlarning ro‘yxatdagi yagona vakili bo‘ldi.

Yarim himoyada Bellingemdan tashqari Kazemiro, Kevin de Bryuyne, Enso Fernandes, Gavi, Luka Modrich, Pedri va Federiko Valverdelar e’tirof etilgan. Himoyachilar borasida esa APL ustunlik qiladi. 2022 yilni asosan Angliyada o‘tkazgan himoyachilar, umumiy miqdorning yarmini tashkil etdi. Ular ichida Joao Kanselu, Virjil van Deyk, Antonio Ryudiger va Tiagu Silva bor. Shuningdek, Alfonso Devis, Yoshko Gvardiol, Ashraf Xakimi va Teo Ernandeslar qolgan o‘rinlarni egallagan. O‘tgan yilning eng yaxshi posbonlari sifatida Alisson Beker, Tibu Kurtua va Emi Martineslar nomi qayd etildi. Tez orada shortlistdagi futbolchilardan o‘n bittasi ramziy terma jamoaga kiritiladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:19, 14.02.2023.
O'qildi: 2085 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.