Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

«Milan» YECHL pley-off bosqichida 10 yil deganda ilk bor gol urdi

«Milan» YECHL pley-off bosqichida 10 yil deganda ilk bor gol urdi

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 final dastlabki o‘yinida “Milan” o‘z uyida “Tottenhem”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu milanliklar uchun so‘nggi o‘n yil ichida Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida qo‘lga kiritilgan ilk g‘alaba bo‘ldi. Bundan avvalgi g‘alaba 2013 yilning 13 fevralida “Barselona”ga qarshi o‘yinda qayd etilgandi (2:0).

2013/14 yilgi mavsumda “Milan” 1/8 finalda “Atletiko”ga ikki o‘yinni ham boy bergan (0:1, 1:4). Shundan keyin jamoa guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tolmagandi.

“Milan” Yevrokuboklar tarixida ilk bor “Tottenhem”ni mag‘lub etdi. Bunga qadar ikki durang va ikki mag‘lubiyat qayd etilgandi.

Milanliklar hujumchisi Brahim Dias 2014 yildan beri “Milan” safida Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida gol urgan dastlabki futbolchi bo‘ldi. 9 yil avval Kaka 1/8 finalda to‘p kiritishga erishgandi.

Italiya klubi APL jamoalari qarshi o‘yinlarda davom etib kelayotgan muvaffaqiyatsiz seriyasiga yakun yasadi. “Milan” oxirgi marta YECHL—2011/12 da “Arsenal”ni mag‘lub etgandi (4:0). Shundan keyin milanliklar ingliz klublariga qarshi beshta o‘yin o‘tkazib, ularning barchasida yutqazgan va kamida ikkitadan to‘p o‘tkazib yuborgan.

“Tottenhem” Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida qatorasiga to‘rtta o‘yinni boy berdi. So‘nggi bor “Arsenal” 2016 va 2017 yil oralig‘ida shunday antirekord qayd etgandi. “Shporlar” pley-offdagi oxirgi to‘rtta o‘yinda birorta gol urolmadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:40, 15.02.2023.
O'qildi: 983 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.