Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Manba: "Chelsi" va "PSJ" xo‘jayinlari Neymarning transferini muhokama qilishdi

Manba: "Chelsi" va "PSJ" xo‘jayinlari Neymarning transferini muhokama qilishdi

Baho:
+ | -

Fransiyaning "PSJ" klubini braziliyalik hujumchisi Neymar Londonning “Chelsi” klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Le Parisien nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Chelsi" xo‘jayini Todd Bouli "PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan tushlikda uchrashgan. Ular braziliyalik superyulduzning "ko‘klar" safiga qo‘shilish imkoniyatlarini muhokama qilishdi. "Chelsi" bu transferga qiziqmoqda va Neymar uchun parijliklarga 60 million yevro taklif qilishga tayyor.

Avvalroq, "PSJ" yozgi transfer oynasida Neymar bilan xayrlashishga tayyorligi haqida xabar berilgandi. Braziliyalik futbolchining o‘zi Parij klubini tark etishni istamaydi va unga kerak emasligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytilsagina transferga rozi bo‘ladi.

Joriy mavsumda 31 yoshli Neymar 28 o‘yinda 17 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:33, 15.02.2023.
O'qildi: 2003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.