Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

«Benfika» bosh murabbiyi: «Bugun o‘zimizga ishonishimizni ko‘rsatdik»

«Benfika» bosh murabbiyi: «Bugun o‘zimizga ishonishimizni ko‘rsatdik»

Baho:
+ | -

«Benfika» bosh murabbiyi Rojer Shmidt Chempionlar ligasi 1/8 finali birinchi o‘yinida «Bryugge» ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) haqida fikr bildirdi.

«Birinchi o‘yinda g‘alaba qozonish yaxshi startni anglatadi. Bugun biz o‘zimizga ishonishimizni ko‘rsatdik.

Ammo qarama-qarshilikning faqat yarmigina tugadi. Birinchi bo‘limda muvaffaqiyatga erisha olmadik.

«Bryugge» faol pressing qildi va «ikkinchi qavat»da bir nechta vaziyatlar yaratdi. Biz qarshilik qilishimiz kerak edi, lekin shu daqiqalarda ham biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatdik.

Birinchi bo‘lim oxiriga kelib o‘yinning borishini nazorat qildik va oldinga faolroq harakat qila boshladik, vaziyatlar yarata boshladik.

Ikkinchi bo‘lim ham yaxshi o‘tdi. Biz penaltini, keyin esa ikkinchi golni urdik, bu juda muhim bo‘ldi», - deya Shmidtning so‘zlarini keltiradi UYEFA rasmiy sayti.

Kiritildi: 07:08, 16.02.2023.
O'qildi: 877 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик