Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Rubin Xebay: «Andijon»dan tushgan taklif men uchun syurpriz bo‘ldi»

Rubin Xebay: «Andijon»dan tushgan taklif men uchun syurpriz bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Rasman “Andijon” a’zosiga aylangan albaniyalik legioner yangi klubidagi o‘zining ilk intervyusini berdi.

— “Andijon” klubiga kelganimdan xursandman, - deya gap boshladi, Xebay. - Bu men uchun yangi chaqiruv va yangi mamlakat. Men hammasini ko‘rib chiqdim, bu boy tarixga ega jamoa ekan. Qo‘limdan kelganicha klubga foyda keltirishga harakat qilaman.

— Albaniyalik o‘yinchi sifatida ilk bor yurtimizga keldingiz va ayting-chi, bungacha o‘zbek futboli haqida qanday tushunchaga ega edingiz?
— Biz kabilar yosh avlod vakillarimiz. Shuning uchun hali to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasligim mumkin, ammo O‘zbekiston milliy terma jamoasi haqida bilaman. Lekin klublari xususida unchalik bilmasdim. Balki yoshligim uchun qandaydir ma’lumotlarga ega bo‘lmagandirman. Ammo endi shu yerda ekanman, barchasi haqida tasavvurga ega bo‘laman.

— “Andijon” klubidan taklifni ilk bor eshitganingizda qanday qabul qildingiz? Siz uchun kutilmagan syurpriz bo‘ldimi?
— Haqiqatda men uchun syurpriz bo‘ldi. Bu kutilmaganda yuz berdi. O‘zinglar ham aytib o‘tganlaringdek, Albaniyadan birinchi futbolchi kelishi ekan. Men eng zo‘r sifatlarimni ko‘rsatishga harakat qilaman. Doim o‘zimdan ijobiy taassurot qoldirishga bor kuchimni sarflayman.

— Stadionda “Andijon” ishtirokidagi ilk nazorat o‘yinini ko‘rdingiz. Sizda qanday taassurot qoldirdi?

— Ha, birinchi marta ko‘rishim. Baribir kundan-kunga boy ma’lumotlarga ega bo‘lib boraman. Bir qator yangi o‘yinchilar bor ekan. O‘yinni ko‘rib taassurotlarim o‘zimga yarasha bo‘ldi. O‘ylaymanki, borgan sari yanada ko‘proq o‘rganib boraman.

— Rubin Xebayni kelishi andijonlik muxlislar orasida katta reaksiya keltirib chiqarmoqda. Chunki qanday hujumchi, nimalarga qodir, qabilida qiziqish bilan qaramoqdalar. Bu yerdagi maqsadingiz qanday va klub ishqibozlariga nima degan bo‘lardingiz?

— Yuqorida aytib o‘tganimdek, eng zo‘r jihatlarimni, o‘yinlarimni ko‘rsatishga harakat qilaman. Eshitdim, muxlislar stadionni to‘ldirishar ekan. Ular albatta stadionni to‘ldirishsin, biz o‘z o‘yinlarimiz va gollarimiz bilan xursand qilishga intilamiz.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 08:36, 16.02.2023.
O'qildi: 3023 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.