Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

«Bavariya» yulduzi o‘zini «Real»ga taklif qildi

«Bavariya» yulduzi o‘zini «Real»ga taklif qildi

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Leroy Sane, ma’lumotlarga qaraganda, o‘z xizmatlarini «Real»ga taklif qildi. Futbolchining jamoani tark etish borasida qaror qilishiga klub bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann bilan munosabatlari yomonlashgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Ispaniyaning "El Nacional" nashri xabar tarqatishicha, Sane yozda Myunxenni tark etishni istamoqda. U doimiy o‘yin amaliyotiga bo‘lishni xohlamoqda va «Santyago Bernabeu»da bunday imkoniyatiga ega bo‘lishiga ishonmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Nagelsmann Sanega u qadar yuqori ishonch bildirmayapti va boshqa o‘yinchilar xizmatidan foydalanmoqda. Bundan esa Leroy norozi bo‘lmoqda. U so‘nggi o‘yinlarda zaxiraga olingan zahoti jamoa kiyim almashtirish xonasiga kirib ketmoqda.

O‘tgan yilning yozida Saneni «Real»ga taklif qilishgandi, ammo "Qirollik klubi" bu taklifni qabul qilmadi. Ammo Eden Azar jamoani tark etsa, germaniyalik futbolchi Madridga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 11:28, 16.02.2023.
O'qildi: 7119 marta.
Fikrlar: 30 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик