Bugun Germaniyaning Dyusseldorf shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli «WR Chess Masters» turniri start oldi. Ushbu musobaqada jahonning 9 ta eng yaxshi shaxmatchilari qatorida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda.
Shaxmatchimiz bugun ilk o‘yinini rossiyalik Yan Nepomnyashiyga qarshi qora donalarda o‘tkazdi. 15-yurishga kelib rus shaxmatchisi Farzin yordamida hamyurtimizning Filini urib oldi, ammo uning Farzini qamalda qoldi. U cheksiz shoh berish imkoni orqali bahsni durang bilan yakunladi.
Nodirbek ertaga rossiyalik Andrey Yesipenko (2675)ga qarshi oq donalarda o‘ynaydi.