Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

"Real" yangi shartnoma masalasini keyinga surmoqda

"Real" yangi shartnoma masalasini keyinga surmoqda

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi yarim himoyachi Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda, deya xabar beradi Relevo.

Tomonlar allaqachon yangi shartnoma imzolashlari kerak edi, ammo Madrid klubi bu qarorni keyinga surmoqda. Sentyabrda 38 yoshga to‘ladigan futbolchining yoshi kattaligi klubda xavotir uyg‘otmoqda.

Madridning “Real” klubi birinchi navbatda yana bir qancha futbolchilar bilan shartnomani uzaytirmoqchi, shuningdek, Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemning ehtimoliy transferi bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritmoqchi.

Yozda erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan Modrichning o‘zi Saudiyaning "An-Nasr" klubidan juda foydali taklifni rad etdi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi "Real" safida jami 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:32, 17.02.2023.
O'qildi: 1990 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.