Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem

“Manchester Siti” yoki “Arsenal”? Premyer-liga chempionligi uchun superkompyuter bashoratida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

“Manchester Siti” yoki “Arsenal”? Premyer-liga chempionligi uchun superkompyuter bashoratida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

Baho:
+ | -

15 fevral kuni Angliyada yetakchilar ishtirokida muhim o‘yin bo‘lib o‘tdi - “Manchester Siti” safarda “Arsenal”ni mag‘lub etdi (3:1). Ushbu g‘alaba evaziga Xosep Gvardiola jamoasi raqibdan o‘zib ketdi va turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqib oldi. Har ikki klubda ham 51 ochko bor, ammo qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha “Manchester Siti” yuqoriroq. Gap shundaki, uning to‘plar farqi yaxshiroq (+36 va +26). Londonliklarda esa qo‘shimcha bir uchrashuv mavjud. Five Thirty Eight superkompyuterining mavsum boshidan hozirgi kungacha bo‘lgan bashorati nuqtai nazaridan vaziyat qanday o‘zgarganini o‘rganib chiqdik.

Mavsum oldidan tahminlar qanday edi va 2022 yilgi jahon chempionati oldidan u qanday o‘zgardi

Superkompyuterning birinchi bashorati 2022 yil iyul oyida paydo bo‘lgan. Mavsum boshlanishidan oldin mashina kuchli 4 talik shunday ko‘rinishiga ishongan: "Man Siti", "Liverpul", "Chelsi" va "Tottenxem". “Arsenal” faqat beshinchi, “Manchester Yunayted” esa oltinchi o‘rinni egallashi tahmin qilingan edi.

31 avgust kuni (Premyer-liganing besh turidan so‘ng) “Manchester Siti”ning chempion bo‘lish ehtimoli 60 foizni, “Arsenal”niki esa atigi 8 foizni tashkil etdi. Superkompyuter hali ham “Liverpul” ikkinchi o‘rinda bo‘lishiga ishongan, ammo Mikel Arteta jamoasiga allaqachon uchinchi o‘rin berilgan edi. Darvoqe, “Brayton” “Manchester Yunayted”dan yuqoriroqda joylashgan edi. Mankunianliklar yettinchi, raqib esa oltinchi o‘rinni egallashi taxmin qilingandi.

12 oktyabr kuni (Premyer-ligada 10 tur) superkompyuter baribir “Manchester Siti”ning imkoniyatlarini yuqori baholadi. Gvardiola jamoasining chempion bo‘lish ehtimoli 70% edi. "Arsenal" allaqachon ikkinchi o‘ringa qo‘yilgan - uning g‘alaba qozonish ehtimoli 14% atrofida edi. Kuchli to‘rtlikka “Liverpul” va “Chelsi” ham kirgan, “Tottenxem” va “Manchester Yunayted” esa Yevropa Ligasi zonasidan joy olishi taxmin qilingandi.

Noyabr oyida, jahon chempionati uchun pauza oldidan so‘nggi tur oxirida, tartib o‘zgardi. “Siti” hamon chempionlik uchun asosiy da’vogar hisoblanardi, biroq ularning g‘alaba qozonish ehtimoli 70 foizdan 53 foizga kamaydi. Ammo "Arsenal"ning imkoniyatlari deyarli uch barobar oshgan - 14 foizdan 36 foizga. O‘shanda London klubi raqibdan besh ochkoga oldinda edi. "Liverpul" va "Manchester Yunayted" kuchli to‘rtlikda, "Nyukasl" va "Tottenxem" kuchli 6talikdan joy oldi.

2023 yilning 5 yanvarida “Arsenal” hali ham “Man Siti”dan 5 ochko oldinda edi. Poytaxt klubining ligada g‘alaba qozonish ehtimoli yana oshdi (36 foizdan 42 foizga), raqibniki esa pasaydi (53 foizdan 50 foizga). “Liverpul” beshinchi, “Chelsi” sakkizinchi o‘rinni egallashi taxmin qilingandi. "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" Chempionlar ligasi zonasiga, "Everton", "Bornmut" va "Sautgempton" esa quyi ligaga tushib ketishi tahmin qilingan edi.

Ikki hafta o‘tib, “Arsenal” Gvardiola jamoasidan ochkolar farqini 8taga yetkazdi. London klubining chempion bo‘lish ehtimoli 57 foizga ko‘tarildi - o‘sha paytdagi butun ligadagi eng yaxshi ko‘rsatkich. “Man Siti” 36% natija qayd etdi. “Manchester Yunayted”ning g‘alaba qozonish imkoniyati 4%, “Nyukasl”da esa 2% imkoniyat bor edi. 23 yanvar kuni “Arsenal”ning bu ko‘rsatkichi 63 foizga ko‘tarildi, “Manchester Siti” esa 34 foizga tushdi.

Londondagi peshqadamlar o‘yinidan keyin vaziyat qanday o‘zgardi

8 fevral kuni raqamlar yana London klubi tomonida bo‘ldi - 58% ga 39%. Biroq “Manchester Siti”ning poytaxtda g‘alaba qozonishi va birinchi o‘ringa qaytishi vaziyatni boshqa tomonga burib yubordi. Endi Gvardiola jamoasining g‘alaba qozonish imkoniyati 62%, “Arsenal”niki esa 34%.

Endi superkompyuter "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" ham Chempionlar Ligasi zonasida bo‘lishini, "Brayton" esa mavsumni beshinchi o‘rinda yakunlashini taxmin qilmoqda. Hozircha “Tottenxem”ga oltinchi, “Liverpul”ga yettinchi, “Chelsi”ga sakkizinchi o‘rin berilgan.

Agar superkompyuterning iyul oyidagi prognozlariga qaytadigan bo‘lsak, unda “Fulxem” e’tiborini tortadi. Algoritmlarga ko‘ra, London klubi mavsumni 36 ochko bilan 18-o‘rinda yakunlashi taxmin qilingandi. Haqiqat butunlay boshqacha bo‘lib chiqdi: jadvalning yettinchi qatori va 23 turdan keyin 35 ochko. “Nyukasl” kutilganidan ancha yuqori. Mavsum oldidan u 47 ochko bilan 13-o‘rinda bo‘lishi bashorat qilingandi. Hozir jamoa kuchli to‘rtlikdan joy oldi va 41 ochko jamg‘argan.

"Liverpul" va "Chelsi" mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallashi bashorat qilingan edi, ammo Klopp jamoasi to‘qqizinchi, Potterniki esa 10-o‘rinni egallab turibdi. Darvoqe, mavsum boshlanishidan oldin “Chelsi”ning kuchli 4-likka kirish ehtimoli 60 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich atigi 5 foizni tashkil etmoqda.

Kiritildi: 13:56, 18.02.2023.
O'qildi: 5890 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.