Italiya chempionatining yigirma uchinchi tur uchrashuvida “Inter” “Udineze”ni mag‘lub etdi. Jamoa murabbiyi Simone Indzagi Lautaro Martinesning muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi. U forvardning o‘yinidan juda mamnun - unga ko‘ra, argentinalik "Inter" yetakchisiga aylanadi.
"Lautaro bugun ikkita gol urishi mumkin edi, u doim maksimal natijaga intiladi, yetakchilarimizdan biri. U jahon chempionatidan ajoyib formada qaytdi va umid qilamanki, Martines kelajakda ham shunday ruhda davom etadi, - deya italiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Itasportpress Italiya axborot agentligi.