Kirish Ro'yxatdan o'tish

Allegri "Spesiya"ga qarshi o‘yin haqida: "Birinchi bo‘lim biz uchun yomon o‘tdi"

Allegri "Spesiya"ga qarshi o‘yin haqida: "Birinchi bo‘lim biz uchun yomon o‘tdi"

Baho:
+ | -

Italiya A seriyasining yigirma uchinchi turida Turinning “Yuventus” jamoasi “Spesiya” maydonida javobsiz ikkita gol urib, g‘alaba qozondi. Turin klubi ustozi Massimiliano Allegri o‘yin haqida fikr bildirdi.

- "Birinchi bo‘lim biz uchun yomon o‘tdi, ammo di Mariya maydonga tushganidan so‘ng hammasi yaxshi tomonga o‘zgardi. U sifatli futbolchi. Ajabo, biz “Nant”ga qarshi o‘yindagidan ko‘ra ko‘proq o‘z darvozamizga zarba yo‘llashga imkon berdik, ammo futbol g‘alati narsa va biz bu yerda g‘alaba qozondik. Peringa alohida rahmat aytishim kerak", deya Allegri so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda juvenews.eu.

Keyingi turda "Yuventus" "Torino" bilan o‘ynaydi, bu 28 fevral kuni sodir bo‘ladi.

Kiritildi: 00:41, 20.02.2023.
O'qildi: 1123 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик