Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

IBA Parij—2024 Olimpiadasi uchun lisenziyalash tartibini tasdiqladi

IBA Parij—2024 Olimpiadasi uchun lisenziyalash tartibini tasdiqladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada uchun lisenziyalash tartibini tasdiqladi.

Unga ko‘ra, joriy yil Hindistonning Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi va Toshkentda o‘tkaziladigan erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati Olimpiada lisenziyalarini taqdim etadi.

Xabaringiz bor, Parij-2024 olimpiadasida erkaklar 7, ayollar 6 vazn toifasida ishtirok etishadi. Olimpiada yo‘llanmasini bokschilar bir nechta yo‘l bilan qo‘lga kiritishlari mumkin.

1. Jahon chempionatida finalgacha yetib borgan sportchilar olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi: erkaklar — 26ta, ayollar — 20ta.

2. Parij-2024 yo‘llanmasi uchun qit’a miqyosidagi saralash turniri: erkaklar — 37ta, ayollar — 27ta.

3. IBA reytingi asosida: erkaklar — 56ta, ayollar — 40ta.

4. Mezbon mamlakat uchun: erkaklar — 4ta, ayollar — 3ta.

5. Parij-2024 yo‘llanmasi uchun jahon saralash turniri: erkaklar — 14ta, ayollar — 12ta.

6. Universal kvotalar: erkaklar — 5ta, ayollar — 4ta.

Jami: erkaklar — 124ta, ayollar — 124ta.

Bir vaznda bir mamlakatdan faqat bir sportchi ishtirok etishi mumkin.

Avvalroq, AQSH, Shvesiya, Irlandiya va Chexiya boks federasiyalari ushbu musobaqalarda ishtirok etishdan bosh tortib, boykot e’lon qilgandi. Bunga sabab qilib IBA’ning Rossiya va Belarus bokschilariga o‘z milliy bayroqlari ostida musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat berilgani qayd etilgandi.

IBA’ning xabar berishicha, chempionatlarga boykot e’lon qilayotgan davlardan ushbu turnirlarda ishtirok etishni xohlagan bokschilar shaxsan ro‘yxatdan o‘tgan holda ishtirok etishi mumkin. IBA bu borada barcha moliyaviy yordamlarni berishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Jahon Chempionati 15—31 mart kunlari Hindistonning Nyu-Dehli shahrida, erkaklar o‘rtasidagi Jahon Chempionati O‘zbekistonda 1—14 may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:00, 20.02.2023.
O'qildi: 1619 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.