Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/01 00:45 Verona 0-0 Udineze
05/01 16:30 Monsa 1-2 Kalyari
05/01 19:00 Fulhem 2-2 Ipsvich
05/01 19:00 Lechche 0-0 Jenoa
05/01 21:30 Liverpul 2-2 Man. Yunayted
05/01 22:00 Torino 0-0 Parma
06/01 00:45 Roma 2-0 Lasio
07/01 01:00 Vulverhempton - Nottingem Forest

IBA turli mamlakatlarning O‘zbekistonda o‘tadigan boks bo‘yicha JCH-2023ni boykot qilganiga munosabat bildirdi

IBA turli mamlakatlarning O‘zbekistonda o‘tadigan boks bo‘yicha JCH-2023ni boykot qilganiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) jahon chempionatini boykot qilayotgan mamlakat sportchilariga moliyaviy yordam berishini ma’lum qildi.

IBA bosh kotibi Jorj Yerolimpos ushbu vaziyat yuzasidan o‘z munosabatini bildirib o‘tdi. Yerolimpos federasiyalarning bu qarori sportchilarning xohish-irodasini ifodalamasligini aytdi. Shuningdek, o‘z milliy federasiyasining qarorini boykot qilmoqchi bo‘lgan sportchilarga imkoniyat berishga tayyorligini bildirdi.

“Ko‘rganingizdek, ba’zi mamlakatlar Nyu-Dehli va Toshkentda bo‘lib o‘tadigan chempionatlarga boykot e’lon qildi. Lekin bu sportchilar, murabbiylar va texnik xodimlarning fikrini aks ettirmaydi. Bu qarorlar siyosiy kuchlarning bosimi ostida qabul qilingani ochiq-oydi va sport olami vakillarining fikri bilan bir xil emas.

Tushunmovchiliklar va noto‘g‘ri ma’lumotlar ushbu milliy federasiyalar ichida mazkur qarorni qo‘llab-quvvatlamaydigan sportchilar, murabbiylar, texnik xodimlar va mutasaddilar tomonidan noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.

Sizning IBA’ga nisbatan bo‘lgan ishonch va sadoqatingiz tan olishini va maqtovga sazovor bo‘lishi kerak, chunki siz bahsli siyosiy harakatlarga aralashmadingiz hamda o‘z sportchilaringizni birinchi o‘ringa qo‘ydingiz. IBA sha’niga putur yetkazuvchi siyosiy harakatlar qurboni bo‘lmadingiz.

Istalgan sportchi yoki murabbiy musobaqada qatnashishdan bosh tortgan federasiyasini boykot qilishni istab, turnirda ishtirok etishni xohlasa IBA portallariga murojaat qilishi mumkin. Tashkilot o‘z moliyaviy dasturi orqali barcha federasiya va sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Barchangizga minnatdorchilik bildirgan holda Nyu-Dehli va Toshkentda o‘tadigan Jahon chempionatida uchrashish imkoniyatini intiqlik bilan kutib qolaman”, — dedi tashkilot bosh kotibi Jorj Yerolimpos.

Avvalroq AQSH, Shvesiya, Irlandiya, Chexiya va Kanada boks federasiyalari Hindiston (ayollar o‘rtasida) va O‘zbekistonda (erkaklar o‘rtasida) bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha Jahon Chempionatiga boykot e’lon qilgani xabar qilingandi. Bunga sabab qilib IBA’ning Rossiya va Belarus bokschilariga o‘z milliy bayroqlari ostida musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat berilgani qayd etilgandi.

Xalqaro boks assosiasiyasi joriy yil Hindistonning Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi va Toshkentda o‘tkaziladigan erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati Olimpiada lisenziyalarini taqdim etishini ma’lum qilgandi.

O‘zbekiston 1—14 may kunlari boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:27, 20.02.2023.
O'qildi: 7787 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.