Argentinalik sobiq hujumchi Ektor Brakamonte o‘tgan yili Qatarda bo‘lib o‘tgan JCH-2022 vaqtida hamyurti Emiliano Martinesning xatti-harakatlari haqida gapirdi.
"Martinesning xatti-harakati hazil va haqiqat aralashmasidir. Bu holat Amerika Kubogida boshlangan. Futbolchilar faqat salbiy xabarlarni eshitishadi. Xuddi o‘sha Messi 14 yildan beri o‘zining qanchalik yomon ekanini tinglab kelmoqda" - dedi Brakamonte .
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi final o‘yinida Fransiya termasini mag‘lub etib (3:3, penaltilar bo‘yicha 4:2) jahon chempionati g‘olibiga aylandi. Jahon chempionati yakunlariga ko‘ra, Martines turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.