Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 0-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Gleyzerlar oldida ikkita variant mavjud. Klub kimning qo‘lida kuchayadi?

Gleyzerlar oldida ikkita variant mavjud. Klub kimning qo‘lida kuchayadi?

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ni sotib olish uchun potensial xaridorlardan arizalarni qabul qilish muddati yakunlandi. Quyida bu boradagi ikkita taklif haqida so‘z yuritamiz.

Dam olish kunlarida «Manchester Yunayted»ni sotib olmoqchi bo‘lgan potensial xaridorlarning arizalarini qabul qilishning oxirgi muddati nihoyasiga yetdi. Gleyzerlar oilasi ingliz klubini sotishni ko‘rib chiqmoqda va endi bir qancha variantlar ustida ishlaydi. Garchi mish-mishlar ko‘p bo‘lsada, yakunda u qadar ko‘p takliflar tushmadi. Gleyzerlarda «Manchester Yunayted»ning barcha aksiyalarini sotish uchun ikkita variant bor. Kutilganidek, takliflar ser Djima Retkliff va qaratrlik shayx Djassim bin Xamad Al Tanidan tushdi.

Retkliff Buyuk Britaniyaning eng boy odamlaridan biri hisoblanadi. U Ineos xalqaro kimyoviy guruhining egasi bo‘lib turibdi. Retkliff, shuningdek, sportning ashaddiy muxlisi va «Nissa» va «Lozanna» futbol klublari, Ineos Grenadiers velosiped jamoasi va Formula 1dan «Mercedes»ning aksiyalariga egalik qiladi. Shu bilan birga, Manchesterda tug‘ilgan Retkliff «Manchester Yunayted»ga muxlislik qiladi.

«Biz ser Jim Retkliff va Ineos «Manchester Yunayted»ning aksariyat ulushlarini olish uchun ariza berganligini tasdiqlaymiz. Bu klubni yana dunyoning birinchi raqamli klubiga aylantirish uchun jamoaga sarmoya kiritmoqchimiz. Biz «Manchester Yunayted» muxlislari o‘zining shonli tarixi va Angliyaning shimoli-g‘arbiy qismidagi buyuk ildizlari bilan faxrlanishini tushunamiz, Manchesterning hamma ishqibozlarini «Manchester Yunayted»ga qaytarishini va bor e’tiborni Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga qaratishni istaymiz», — deyiladi Ineos bayonotida.

Shayx Jassim bin Hamad Al Tani Qatar banklaridan biri QIB raisi hisoblanadi. Dastlab, UYEFA «Manchester Yunayted» va «PSJ»ning egasi bir bo‘lib qolishidan xavotirda degan shubhalar bor edi. Shayx Jassim bin Hamad Al Tani «Manchester Yunayted» futbol klubining 100% ulushini olish uchun ariza topshirganini tasdiqladi. Bu taklif klubni maydonda ham, undan tashqarida ham avvalgi shon-shuhratini tiklashga qaratilgan va birinchi navbatda muxlislarni «Manchester Yunayted» futbol klubini yana YECHLdagi sovrinli o‘rinlarga qaytarishga ishontirmoqchi. Taklif Shayx Jassim «Nine Two» jamg‘armasi orqali amalga oshirilgan, u futbol jamoalari, mashg‘ulotlar majmuasi, stadion va kengroq infratuzilmani mo‘ljallagan bo‘lib, muxlislar va jamoaning katta loyihasiga sarmoya kiritadi», dedi Al Tani bayonotida. Ma’lumki, Gleyzerlar aksiyalarning nazorat paketini sotishdan 6-7 milliard dollarga yaqin daromad olmoqchi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni vakillari, Ilon Mask va hattoki Konnor Makgregor ham «Manchester Yunayted»ni sotib olish uchun ariza topshirishi mumkinligi xabar qilingandi. Biroq, yakunda ulardan hech qanday jiddiy taklif tushmadi. Qizig‘i shundaki, Gleyzerlarda «MYU»ni to‘liq sotmaslik, faqat bir qismini yangi egasiga o‘tkazib yuborish imkoniyati bor edi. ESPN xabariga ko‘ra, avvalroq «Milan»ga tegishli bo‘lgan taniqli Elliott Management jamg‘armasi «qizil iblislar»ning yarim ulushini sotib olishdan manfaatdorligi aytilgandi. Bu holatda Joel va Avram Gleyzer «Old Trafford»da o‘z o‘rinlari va pozisiyalarini saqlab qolishi mumkin edi. Endi Gleyzerlar yangi investorlarning qarorlarini kutishi, ularning takliflardan qaysi birini qabul qilishlari qiziq. 

Kiritildi: 15:27, 21.02.2023.
O'qildi: 4518 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик