Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Marko van Basten: «Qudus Antonidan ko‘ra foydaliroq»

Marko van Basten: «Qudus Antonidan ko‘ra foydaliroq»

Baho:
+ | -

"Ayaks" klubi hamda Niderlandiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Marko van Basten hujumchilar — Muhammad Qudus va Antonini solishtirdi.

“Menimcha, Muhammad Qudus Antonidan ancha yaxshi futbolchi. Antonining texnik jihatdan yaxshi futbolchidir, lekin u nima qilmoqchi bo‘lsa, uni chalkashtirib yuboradi! Qudus ancha yaxshi texnikaga ega va u nima qilayotganini biladi.

Antoni tezroq bo‘lishi mumkin, ammo Qudus aqlli. U jamoasi uchun ancha foydali , ko‘p qirrali va har qanday pozisiyada o‘ynay oladi. Men uni Antonining foydasiz fintlaridan ko‘ra ko‘proq hurmat qilaman. Qudusning o‘yinini tomosha qilish ancha qiziqroq", - dedi "Ayaks"ning sobiq futbolchisi Ziggo Sport nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot o‘rnida, Antoni o‘tgan yilning avgust oyida "Ayaks"dan "Manchester Yunayted"ga bonuslar bilan birga 100 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u Premyer-ligada 12 ta o‘yinda 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Qudus esa joriy mavsumda “Ayaks” tarkibida Erediviziyaning 21 o‘yinida 9 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Kiritildi: 22:39, 21.02.2023.
O'qildi: 2216 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик