Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 17:30 Marokash 6-3 Panama
19/09 17:30 Eron 9-4 Gvatemala
19/09 19:30 Neftchi 2-2 Qizilqum
19/09 20:00 Portugaliya 3-2 Tojikiston
19/09 20:00 Fransiya 7-3 Venesuela
19/09 21:45 Feyenoord 0-4 Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda 1-2 Benfika
19/09 22:00 Leganes 0-2 Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako 2-1 Barselona
19/09 23:59 Atalanta 0-0 Arsenal
19/09 23:59 Atletiko 2-1 RB Leypsig
19/09 23:59 Brest 2-1 Shturm
20/09 17:30 Tailand - Braziliya
20/09 17:30 Kuba - Xorvatiya
20/09 20:00 Kosta-Rika - O‘zbekiston
20/09 20:00 Niderlandiya - Paragvay
20/09 21:30 Kalyari - Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol

Futbol yulduzlarining sevimli filmlarini bilasizmi?

Futbol yulduzlarining sevimli filmlarini bilasizmi?

Baho:
+ | -

 Har bir insonning sevimli filmi yoki multfilmi bor. Jumladan futbol yulduzlarining ham. Ular ham bo‘sh vaqtlarida kino tomosha qiladi va ular orasida doimiy ko‘rib turadigan kinolari ham bor. Leo Messi yoki Krishtianu Ronaldu qaysi qaysi kinoni yoqtirib tomosha qilishiga qiziqib ko‘rganmisiz? Unda ushbu blog sizga manzur keladi. Quyida biz yoqtirgan futbol yulduzlarining yaxshi ko‘rgan filmlari haqida so‘z yuritamiz. 

 Leonel Messi 

Messining o‘yin uslubi hammaga ma’lum. Past bo‘yli futbolchi o‘zidan ancha katta hamkasblarini aldab o‘tib, ulardan qochib raqiblarini dog‘da qoldirishni hush ko‘radi. Buni qarangki, Leo Messining yoshlikdan sevib tomosha qiladigan kinosi ham o‘yin uslubiga o‘xshash. Yosh bola o‘zidan ancha katta bo‘lgan 3 insonni har ko‘yga soladi va bu ishni o‘zi bilmagan holda juda oson qiladi. Uni quvgan uchovlon esa hechda maqsadiga yeta olmaydi. Kino oxirida esa "kichkintoy" ularni batamom ado qiladi. Siz ham ushbu kinoni albatta ko‘rgan bo‘lishingiz kerak. Kino nomi: Sayrga chiqqan go‘dak. Shuningdek, Leo Taxtlar o‘yini serialini ham sevib tomosha qilgani haqida intervyularida aytib o‘tgan. 

Krishtianu Ronaldu 

Ronaldu intervyularida, yoki ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining sevimli filmi haqida deyarli gapirmagan. Ko‘pchilik uning jismoniy qobiliyatini va doim mehnatkashligi bilan ajralib turishi sabab, jangari filmlarni yoqtiradi deb o‘ylasa kerak. Lekin forvard 2019 yilda soccer nashriga bergan intervyusida bunga aniqlik kiritib ketgan. Ronaldu avvaliga ko‘proq hujjatli filmlarni yoqtirishi haqida aytgan. Ammo undan aniq kinoning nomi talab qilinganda u biroz o‘ylanib ko‘plab yo‘nalishlarda "Oskar" sohibi bo‘lgan "asabiy taranglik" nomidagi triller janrida Jonatan Demme tomonidan ishlangan filmni aytgan. Shuningdek, Ronaldu Nikolas Keydj bosh rolda o‘ynagan "Qoya" filmini ham yoqtirishini aytib o‘tgan.

 

Karim Benzema 

"Real" hujumchisi Karim Benzema qolgan hamkasblariga qaraganda ko‘proq kino ko‘rishi va yoqtirgan filmlari ko‘pligi haqida ko‘pchilik bilsa kerak. Karim Benzema intervyularidan birida aynan kinolar haqida gapirgan. Uning eng yoqtirgan filmlaridan biri "Amerikalik gangsterlar" hisoblanadi. Shuningdek, Karim Benzema Denzel Vashington ijrosidagi barcha filmlarni sevib tomosha qilishini ham aytgan. 

Neymar 

Braziliyalik futbolchi bu ro‘yxatda bo‘lmasa ajablanarli bo‘lardi. Har jabhada ajralib turadigan futbolchining sevimli filmlar haqida so‘ralganida u juda ko‘p nomlarni sanab bergan. To‘g‘rida, jarohat olgan payti kinolar tomosha qilishga ko‘p vaqt bo‘ladi. Uning sevimli filmlari ro‘yxatidagi aksariyatini yurtimizda ham ko‘pchilik tomosha qilgan bo‘lsa ajabmas. Neymarning yoqtirgan filmlari ro‘yxatida: "Kapitan Marvel", "Dedpul", "Terminator", "Yulduzlar aybdormi?", "Garri Potter" va "Agent 007 Skayfoll" filmlari bor. Shuningdek, Neymar "Qog‘oz bino"(La casa de papel) serialini ham juda katta qiziqish bilan tomosha qilgan. Serialning 3-faslida futbolchi kichik epizodda rol o‘ynagan. "3 iks, darbadarning qaytishi" filmida ham epizodlarning birida Neymarni ko‘rishimiz mumkin. 

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:00, 22.02.2023.
O'qildi: 5014 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.