Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fransis Narx - "Dinamo" futbolchisi

Fransis Narx - "Dinamo" futbolchisi

Baho:
+ | -

"Dinamo" jamoasi Pro liga yangi mavsumi oldidan o‘z safini yangi o‘yinchilar bilan kuchaytirmoqda.

Toshkentda o‘tgan yig‘in davomida "Dinamo" jamoasi safida faol harakat qilib, murabbiylar ishonchini qozongan ganalik yarimhimoyachi Fransis Narx klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

O‘z vaqtida Gana yoshlar jamoasi safida to‘p surgan 28 yoshli hujumkor yarimhimoyachi o‘tgan yillar davomida Chexiya, Bolgariya, Turkiya, Belarus klublari, 2022 yilda esa Superligada "Bunyodkor" sharafini himoya qilib, 24 o‘yinda 2ta golga mualliflik qilgan.

Ma’lumotnoma:
Fransis Narx
Tug‘ilgan sanasi: 1994 yil, 18 aprel
Tug‘ilgan joyi: Gana, Akkra shahri
Ampluasi: hujumkor yarimhimoyachi.

Kiritildi: 16:14, 23.02.2023.
O'qildi: 1271 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик