Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Yevropa ligasi. «Yuventus», «Roma», «Bayer» va «Sevilya» keyingi bosqichga chiqishdi

Yevropa ligasi. «Yuventus», «Roma», «Bayer» va «Sevilya» keyingi bosqichga chiqishdi

Baho:
+ | -

Yevropa ligasining o‘tish bahslari doirasidagi javob o‘yinlari 23 fevral, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Yuventus” “Nant” maydonida mehmon bo‘ldi. Uchrashuvning 5-daqiqasida Anxel Di Mariya turinliklarni oldinga olib chiqdi. 18-daqiqada maydon egalari bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. 19-daqiqada Di Mariya dublni nishonladi. 78-daqiqaga kelib, argentinalik futbolchi hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Shu tariqa “Yuventus” Yevropa Ligasining 1/8 finaliga yo‘l oldi. Dastlabki o‘yinda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etilgandi.

“PSV” va “Sevilya” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda eyndhovenliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Biroq dastlabki o‘yindagi yirik g‘alaba evaziga (3:0) ispan klubi keyingi bosqichga yo‘l oldi.

“Sporting” esa o‘z uyidagi durangdan keyin safarda “Midtyulland”ga javobsiz to‘rtta to‘p kiritdi.

“Roma” Andrea Belotti va Paulo Dibalaning gollari evaziga umumiy hisobda ustunlikka ega bo‘ldi hamda keyingi bosqich masalasini hal qildi.

“Monako” va “Bayer” o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuvda 2:3 hisobi qayd etildi. Qo‘shimcha bo‘limlarda hisob o‘zgarmadi, penaltilar seriyasi esa Xabi Alonso shogirdlari foydasiga hal bo‘ldi. Shuningdek, "Renn" va "Shaxtyor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yina ham penaltilar tepildi va unda omad ukrainaliklarga kulib boqdi.

Yevropa ligasi, 1/8 finalga o‘tish o‘yinlari
23 fevral, payshanba
“Nant” (Fransiya) – “Yuventus” (Italiya) 0:3
Gollar: 0:1 – 5 Di Mariya, 0:2 – 20, penalti Di Mariya, 0:3 – 78 Di Mariya.
“Nant”: Lafon, Santonz, Pallua, Kastelletto, Jirotto, Sissoko (Mutussami, 46), Molle (Gessan, 73), Chirivelya (Traore, 24), Blas, Saymon (Muhammad, 73), Delor (Ganago, 46).
“Yuventus”: Shensni, De Shilyo (Kuadrado, 65), Aleks Sandro, Danilo (Bonuchchi, 82), Bremer, Kostich (Ayling, 83), Di Mariya (Paredes, 82), Rabyo, Lokatelli, Fajoli, Kin (Vlahovich, 64).
Ogohlantirishlar: Traore (81), Kuadrado (87).
Chetlatish: Pallua (17).
Dastlabki bahs — 1:1

“PSV” (Niderlandiya) – “Sevilya” (Ispaniya) 2:0
Gollar: 1:0 – 77 de Yong, 2:0 – 90+5 Fabiu Silva.
Dastlabki bahs — 0:3

“Midtyulland” (Daniya) – “Sporting” (Portugaliya) 0:4
Gollar: 0:1 – 21 Koates, 0:2 – 50 Pedru Gonsalvesh, 0:3 – 77 Pedru Gonsalvesh, 0:4 – 85, avtogol Gartenmann.
Dastlabki bahs — 1:1

“Manchester Yunayted” (Angliya) – “Barselona” (Ispaniya) 2:1
Gollar: 0:1 – 18, penalti Levandovski, 1:1 – 47 Fred, 2:1 – 73 Antoni.
“Manchester Yunayted”: De Xea, Uan-Bissaka (Diogu Dalot, 67), Varan, Martines, Shou, Kazemiro, Fred, Brunu Fernandesh, Vegorst (Antoni, 46), Reshford (Maktominey, 88), Sancho (Garnacho, 67).
“Barselona”: ter Shtegen, Kunde, Kristensen, Arauxo (Alonso, 82), Balde, Buskets, Kessie, de Yong, Serxi Roberto (Ferran Torres, 70), Levandovski, Rafinya (Fati, 75).
Ogohlantirishlar: Brunu Fernandesh (60), Kessie (60), Levandovski (71), Garnacho (78), Buskets (83), Kazemiro (86).
Dastlabki bahs — 2:2

“Roma” (Italiya) – “Zalsburg” (Avstriya) 2:0
Gollar: 1:0 – 33 Belotti, 2:0 – 40 Dibala.
“Roma”: Ruy Patrisiu, Smolling, Manchini, Rojer, Spinassola, Matich, Kristante, Pellegrini (Veynaldum, 81), Zalevski (Karsdorp, 81), Dibala, Belotti (Abraham, 87).
“Zalsburg”: Ken, Dedich (van der Brempt, 74), Bernardo, Sole, Ulmer, Kapaldo (Koyta, 84), Zayvald (Glux, 75), Kergor (Suchich, 46), Gurna-Duat, Okafor, Adamu (Sheshko, 74).
Ogohlantirishlar: Rojer (4), Pellegrini (5), Spinassola (54), Zalevski (74).
Dastlabki bahs — 0:1

“Union” (Germaniya) – “Ayaks” (Niderlandiya) 3:1
Gollar: 1:0 – 20, penalti Knoxe, 2:0 – 44 Yuranovich, 2:1 – 47 Kudus, 3:1 – 50 Duki.
Dastlabki bahs — 0:0

“Monako” (Monako) – “Bayer” (Germaniya) 2:3. Penaltilar seriyasi – 3:5
Gollar: 0:1 – 13 Virs, 1:1 – 19, penalti Ben-Edder, 1:2 – 21 Palasios, 1:3 – 58 Adli, 2:3 – 84 Embolo.
Dastlabki bahs — 3:2

Renn Fransiya – Shaxtyor Ukraina 2:1 (0:0, 1:0, 0:0, 1:1), penaltilar seriyasi - 4:5
Gollar: 1:0 – 52 Toko-Ekambi, 2:0 – 106 Sala, 2:1 – 119, avtogol Belosyan.
Dastlabki bahs — 1:2

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:18, 24.02.2023.
O'qildi: 2297 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.