Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

«Navbahor»: O‘runovdan yorqin o‘yinlar kutib qolamiz!

«Navbahor»: O‘runovdan yorqin o‘yinlar kutib qolamiz!

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, kecha Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida “Navbahor”ning taqdimot marosimi o‘tkazildi va unda jamoa tarkibiga yangi qo‘shilgan futbolchilar tanishtirilib, “lochinlar”ning bo‘lajak mavsum davomida foydalanadigan futbolkalari taqdimoti o‘tkazildi.

“Navbahor” safiga qishki transfer “oynasi” paytida qo‘shilgan yangi o‘yinchilar qatoridan mahoratli yarim himoyachi Oston O‘runov ham o‘rin oldi va u yangi mavsumda 7-raqam ostida o‘ynaydigan bo‘ldi.

O‘runovni yaqindan tanishtiradigan bo‘lsak, u 2000 yilda Navoiy shahrida tug‘ilgan. “Paxtakor” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi va “sherlar”ning turli yoshdagi jamoalarida o‘ynagan.   

2017 yilning 2-davrasida “Navbahor” tarkibiga qo‘shilgan Oston O‘runov aynan “lochinlar” tarkibida 2017 yilning 21 sentyabrida Superliga (oliy liga)da  debyut qilgan.

O‘runov "Navbahor"tarkibida 2017 - 2019 yillar mavsumi davomida to‘p tepib, jami 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. 2019 yilning 2-davrasini “Lokomotiv” (Toshkent)da o‘tkazgan mahoratli yarim himoyachi 2020 yili Rossiyaga yo‘l oladi hamda mazkur mamlakatning “Ufa” (Ufa), “Spartak” (Moskva), “Ural” (Ekaterinburg) jamoalarida faoliyat yuritadi. O‘tgan yilgi mavsumni esa “Ural” safida o‘tkazgan.

Shuningdek, Oston O‘runov futbolchilik faoliyati davomida O‘zbekistonning turli terma jamoalarida to‘p tepgan va 2019 yildan buyon milliy terma jamoamizga nomzod futbolchi sanaladi. O‘runov terma jamoamizda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 10:16, 24.02.2023.
O'qildi: 1963 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.