Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Lui van Gal "MYU"ga olib kelgan futbolchi hali ham jamoada. Ammo u bilan birga sotib olingan o‘yinchilarning taqdiri...

Lui van Gal "MYU"ga olib kelgan futbolchi hali ham jamoada. Ammo u bilan birga sotib olingan o‘yinchilarning taqdiri...

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" 2014 yilda bosh murabbiy sifatida Lui van Galni olib keladi. Niderlandiyalik mutaxassis o‘zi bilan Lyuk Shouni ham jamoaga keltirgandi. Fergyuson davridagi darajani qaytarish uchun van Gal va rahbariyat o‘sha yilning yozidayoq qattiq harakat boshlaydi. Lyuk Shou esa ayni davrda sotib olinadi. Shundan so‘ng, ingliz himoyachisi Sulsher, Mourinyo va Rangnik davridan o‘tdi. Hozir u Erik ten Xag bilan yana yuksala boshladi. Orada to‘qqiz yilga yaqin vaqt ӯtib ketdi . Quyida Shou bilan birga sotib olingan futbolchilar va ularning taqdiri haqida gaplashamiz.

Ander Errera

Errera Lui van Galning ilk xaridi edi. U "Atletik Bilbao"dan olib kelinadi. Besh yil davomida yarim himoyachi "MYU" sharafini 189 ta o‘yinda himoya qilib, Angliya kubogi, liga kubogi va Yevropa ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. 2019 yilda Errera "PSJ"ga yo‘l oladi. U yerdagi 3 mavsumdan keyin "Boka Xuniors" safiga qaytadi.

Vanya Milinkovich-Savich

"Lasio" futbolchisi Sergeyning ukasi bo‘lgan Vanya, "MYU" tomonidan 2014 yilda sotib olinadi. Yosh darvozabon klubdagi ikki yillik faoliyatida asosiy jamoaga kira olmagandi. Oradan ko‘p o‘tmay, u 2016 yilda Polshaning "Lexiya" klubiga sotib yuboriladi. Ayni damda Milinkovich-Savich "Torino" sharafini himoya qilmoqda. 2022 yilgi Jahon chempionatida darvozabon Serbiya terma jamoasida debyut qilgandi.

Markos Roxo

2014 yilgi Jahon chempionatida porlagach, Roxo "MYU" e’tiboriga tushadi. U "Spartak Moskva" klubidan 16 million funtga xarid qilinadi. Shoudagi jarohatlar Roxoni maydonda bo‘lishini bir muddat ta’minlaydi. Ammo argentinalik futbolchi baribir o‘ta beqaror edi. U 2021 yilda "Boka Xuniors"ga qaytadi.

Anxel Di Mariya

Di Mariyadan ko‘p narsa kutilgan edi. Ammo bildirilgan ishonch oqlanmadi. Lui van Gal argentinalikka ko‘p imkoniyat taqdim etdi. Biroq, Di Mariyaning uslubi klubniki bilan ayro edi. Argentina terma jamoasi a’zosi Jahon chempioni bo‘lgandi. U "Yuventus" tarkibida harakat qilmoqda. Di Mariya bu ikki klub orasida "PSJ" safida yetti yil faoliyat yuritgandi.

Deyli Blind

Van Gal ishongan yana bir nom Blind edi. Ko‘pchilik uni "MYU"ning qayta uyg‘onishida katta o‘rin tutadi deb o‘ylagan. Afsuski, bunday bo‘lib chiqmadi. "Ayaks"ga 2018 yilda sotib yuborilgan yulduz, "qizil iblislar" safida 141 ta bahsda ishtirok etgandi. Blind ayni damda "Bavariya" safida harakat qilmoqda.

Timo Fosu-Mensa

"Ayaks"dan 16 yoshli futbolchi xarid qilinadi. Uning ismi Fosu-Mensa edi. Lui van Gal uni 21 ta bahsda maydonga tashlaydi. 2021 yilga qadar himoyachi faqat ijaralarda yurdi. "MYU" esa undan 9 marta foydalandi xolos. "Kristal Pelas" va "Fulxem" safidagi davrlardan keyin, Fosu-Mensa doimiy ravishda "Bayer Leverkuzen" safiga yo‘l oldi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 13:37, 24.02.2023.
O'qildi: 3312 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.